Antidangasalik


II BOB Miyamiz qanday tuzilgan?



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Antidangasalik таҳрир

II BOB
Miyamiz qanday tuzilgan?
Inson hayotini tartibga solishi, yangilanishi uchun o‘zgarishlar amalga oshishi kerak 
bo‘lgan organizmni — miyani o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Agar sizda miya tuzilishi bo‘yicha 
bilim mavjud bo‘lmasa, nima qilayotganingizning mantig‘iga yeta olmaysiz. Shu bois hozir 
miya fiziologiyasidan biroz tushunchaga ega bo‘lishimiz foydadan xoli bo‘lmaydi.
Hozirgi kungacha dunyo aholisining katta qismi miyaning 10 foizi ishlashi haqidagi 
afsonaga ishonib hayot kechirmoqda. 1936-yilda
8
yozuvchi va jurnalist Deyl Karnegi (Dale 
Carnegie) tomonidan boshlangan miyaning 10 foizi ishlashi haqidagi afsona 2001-yildagi
9
Markus Reychel (Marcus Rachel) va undan keyingi barcha tadqiqotlar
10
miyaning barcha 
qismlari to‘laqonli faoliyat yuritishining isbot-dalillari bilan yakunlandi. Miyamiz asosan 
neyron va gelial hujayralardan tuzilgan. Neyron hujayralarimiz bir-biriga sinapslar orqali 
ma’lumot almashadi. Biror narsa haqida sizda ma’lumotlarning ko‘pligi o‘sha ma’lumotlarni 
saqlovchi baza (neyron hujayralar to‘plami)da neyron hujayralari soni ko‘p va zichligini 
anglatadi. Agar siz biror odatni shakllantirmoqchi bo‘lsangiz, shu odatga taalluqli bo‘lgan 
neyron hujayralaringizni ko‘paytirishingiz kerak bo‘ladi. 
Neyron hujayralari
 
 
 
Sinapslar 
Bizning miyamizdagi dangasalikni bartaraf qilishga tegishli bo‘lgan vazifalarni 
bajaruvchi qism prefrontal qatlam hisoblanadi. Prefrontal
11
qatlam vazifalari quyidagicha:
• 
rejalashtirish; 
• 
qaror qabul qilish


11 
• 
qisqa muddatli xotira; 
• 
xulq-atvorni ifodalash;
• 
kelajakdagi oqibatlarni taxmin qilish;
• 
iroda; 
• 
ijtimiy nazorat;
• 
diqqatni jamlash;
• 
muammolarni yechish;
• 
tahlil qilish; 
• 
qo‘rquvni modullashtirish.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə