Antidangasalik


Nega “time management” texnikalari ishlamaydi?



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Nega “time management” texnikalari ishlamaydi? 
2015-yilda Amerikada o‘tkazilgan tadqiqot
2
natijalariga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan 
yoshlarning 61 foizi, 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 61 foizi va erkaklarning 48 foizi 
o‘zlari xohlagan narsani qilishga vaqti yo‘qligini aytadi. Shu bois ham ko‘pchiligimiz kamida 
bir marta bo‘lsa-da, “time management” texnikalaridan foydalanib ko‘rganmiz. Hamma 
texnikalar boshida ishlayotgandek tuyiladi, ammo biroz vaqt o‘tgach, bizning hafsalamiz pir 
bo‘lgan holda barcha texnikalardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yamiz. Bunga bir nechta 
sabablar bor: birinchidan, “time management” texnikalari murakkab. Turli xildagi chizmalar, 
standardlar, belgilashlar miyaga ortiqcha yuklama beradi. O‘zi dangasalikdan qutilmoqchi 
bo‘lgan inson qanday qilib murakkab texnikalarni islatishi mumkin? Ikkinchidan esa “time 



management” texnikalarida biz “vaqt”ni markazlashtirib olamiz, ya’ni biz bir kun oldin 
ertangi kun uchun reja tuzamiz. Har bir soatda nima ishlar qilishimizni rejalashtiramiz. 
Ammo ertasi kuni ertlabki qaysidir ishimiz vaqti cho‘zilib ketish hisobiga bizning undan 
keyingi o‘rindagi barcha ishlarimiz o‘z-o‘zidan ortga surilib ketadi va shu bilan hammasi 
barbod bo‘ladi. Misol uchun, siz ertaga soat 9:00 da ishga borishni, 11:00 da tushlik 
uchrashuvini, soat 14:00 da yana ishga qaytishni, soat 18:00 da ishdan chiqib
do‘stingiznikiga mehmonga borishni reja qilgansiz. Ertasi kuni esa ishingiz ba’zi sabablarga 
ko‘ra cho‘zilib, tushlikka 12:00 da chiqishingizga to‘g‘ri kelib qoldi. Bu esa sizning 
uchrashuvingizni va undan keyingi ro‘yxatdagi barcha ishlaringizni ortga surilishiga olib 
keladi. Uchinchidan, bizning kun jadvalimizdagi qaysidir ish soatida kayfiyatimiz yo‘qligi 
tufayli yoki charchoq sabab ish qilishga xohishimiz bo‘lmasligi mumkin. Shunga o‘xshash 
bir qancha holatlar sabab insonlarda “time management” metodlari ishlamaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə