Antidangasalik


 Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Antidangasalik таҳрир

2. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring 
Maqsadlar sari harakat doim zerikarli va qiyin bo‘ladi. Shunisi odamlarga yoqmaydi. 
Siz esa shu jarayondan o‘zingizga yoqadigan narsalarni topishga urining. Bu ingliz tili bilan 
shug‘ullanayotgan vaqtda gaplarni talaffuz qilishda, oshpazlikni o‘rganayotgan vaqtda 
taomni hididan zavqlanishda va hokazolarda bo‘lishi mumkin. Maqsadni emas, jarayonni 
sevishni o‘rganing. Agar siz bunday jarayonni topa olmasangiz, buni sun’iy ravishda 
yaratishingiz mumkin. Biz avvalgi boblarda Pavlovning shartli refleksi haqida ma’lumot 
berib o‘tgandik. Siz ham o‘zingizda topshiriqlar bilan shartli refleks hosil qilishingiz kerak. 
Buning uchun har bir qiyin ishni bitirganingizdan keyin (masalan, “Pomodoro” texnikasi 
bilan shug‘ullanilgandan so‘ng) o‘zingiz yoqtirgan birorta ishni qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu 
bir finjon qahva ichish, bir dona shokolad yeyishda kuzatiladi. Ammo ishni bajarib bo‘lish 
va o‘zni mukofotlash orasida boshqa ish bo‘lmasligi kerak. Vaqt o‘tgandan keyin sizdagi 
shartli refleks qiyin ishlarni qilishni undan keyingi rohatlanish bilan bog‘lab qo‘yadi. Shunda 
sizda qiyin ishlarni qilishda yoqimsiz holatlar yuzaga kelmaydi. 
3. Kognitiv xatolarni bartaraf etish
Kognitiv xatolar bu fikrlash jarayonidagi xatolar hisoblanadi. Shunday xatolardan bittasi 
— insonlar o‘ziga obyektiv baho bera olmasligi, o‘z imkoniyatlarini oshirib yoki kamaytirib 
yuborishidir. Misol uchun, siz sport zaliga chiqib, turnik 30 ta tortilishni maqsad qilib 
qo‘ydingiz. Shuncha miqdorda tortila olishingizga ishonyapsiz. Agar avvaldan turnikda 
tortilib yurgan inson bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan siz bunday miqdorda tortila olmaysiz. 
Tortilgan taqdiringizda ham, mushaklaringiz og‘rigani hisobiga ikkinchi bor tortilish uchun 


51 
kelmaysiz va bu maqsad ham o‘z-o‘zidan qolib ketadi. Bizning asl chegaralarimiz biz 
o‘ylagan joyda bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsad (topshiriq) qo‘yishdan oldin shu jarayonni 
tajribangizda sinab ko‘ring, chegarangizni aniqlab oling. Har kuni turnikda nechtadan 
tortilishni maqsad qilib qo‘yishni bilish uchun avval borib tortilib ko‘ring, chegarangizni bilib 
olganingizdan keyin, shundan kelib chiqqan holda o‘z oldingizga maqsadni to‘g‘ri qo‘ying. 
Shuningdek, fanda Danning-Kryuger effekti
33
ham bor. Unga ko‘ra:
“Professionallar o‘z qobiliyatlariga pastroq baho berishsa, havaskorlar o‘z 
qobiliyatlarini oshirishga moyil bo‘ladi”. 
O‘zingizga obyektiv baho berish uchun avval test qilib ko‘rishni unutmang.
4. Takrorlang 
Yuqorida bilib olgan narsalaringizni hayotingizga tatbiq qiling va qayta-qayta 
takrorlang. Kitobni ham yana bir marotaba takroran o‘qib chiqing. Bundan qo‘llanma sifatida 
foydalanishingiz, yoningizda olib yurishingiz mumkin. Kitobni o‘qishni boshlaganingizdan 
beri barcha bilganlaringizni amalda qo‘llab kelyapsiz degan umiddaman. Shu zaylda davom 
ettirish sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Agar yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega 
bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Dovranbek Turdiyevning “Antidangasalik”
34
treningiga qatnashib 
ko‘ring. Harakatdan to‘xtamang.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə