Asqarova dilorom qurbonovna


- smena 13:30-17:00 (3,5 soat)



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə14/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

2- smena

13:30-17:00 (3,5 soat)

13:30-13:40

Qabul qilish, birlamchi tibbiy ko‘rik

13:40-14:00

Bolalar bilan suhbat

14:00-15:30

O`yinli ta`lim faoliyatlari

15:30-16:00

O‘yin, mustaqil faoliyat

16:00-16:20

Tushdan keyingi ovqatlanish

16:20:16:35

Sayrga tayyorgarlik

16:35-17:00

Sayr va undan keyin bolalarni uyiga kuzatish



1-va 2- smena uchun mashg‘ulotlarning haftalik taqsimoti
(mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffus 5 daqiqa)

T/r

Hafta kuni

1-mashg‘ulot
(30 daqiqa)

2-mashg‘ulot
(25 daqiqa)

3-mashg‘ulot
(25 daqiqa)

1

Dushanba

Atrof-muhit bilan tanishtirish

Qurish-yasash
Applikatsiya

Jismoniy tarbiya

2

Seshanba

Elementar matematika

Musiqa

Rasm chizish

3

Chorshanba

Nutqni rivojlantirish

Loy ishi

Atrof-muhit bilan tanishtirish

4

Payshanba

Elementar matematika

Jismoniy tarbiya

Tabiat bilan tanishtirish



5

Juma

Savodga tayyorlash

Rasm chizish

Musiqa

Qisqa muddatli guruhlar uchun bunday ta`limiy faoliyatlar jadvali, bolalarni maktabga tayyorlashning ham 9 oylik, ham 3 oylik kurslarida taklif etiladi. Bunday jadvalning afzalligi shundaki, agarda ota-onalar pedagog tomonidan ta`limiy faoliyatningr aynan shu turi oldiga quyilgan vazifalarga erishish borasida uni qo‘llab-quvvatlab, mashg‘ulotlarni davom ettirsalar, ochiq havodagi faoliyatlar vaqti uzaytirilishi ham mumkin.
Ushbu ta`limiy faoliyatlar jadvaliga ko‘ra, qisqa muddatli kun, hafta hamda 9 oylik o‘quv yili mobaynida bolalar quyidagi faoliyat turlariga jalb etiladi:



Faoliyat turlari

Kuniga bir smenada

Haftasiga

Yil (9 oy) mobaynida

Ta`limiy faoliyatlar

1 soat 30 daqiqa

7 soat 30 daqiqa

270 soat

O‘yin, mustaqil faoliyat

30 daqiqa

2 soat 30 daqiqa

90 soat

Sayr

25 daqiqa

2 soat 5 daqiqa

72 soat



Nazorat savollari:

  1. Rejalashtirish qanday xususiyatlarga ega?

  2. Tarbiyachining ish hujjatlarini sanang.

  3. Istiqbol reja qanday muddatga tuziladi?

  4. Haftasiga qisqa muddatli guruhlarda mashg‘ulotlar nimaga asoslanib tuziladi? 2-smenada-chi?

Topshiriq; Tarbiyachining ish hujjatlarinini tartib bilan yozing,har birini mazmun mohiyatini taqdimot orqali namoish qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv davturi, Toshkent-2018.
2. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. – Toshkent: Ilm ziyo, 2006.
3. Qayumova N.M. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2013.


Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash shakllari va metodlari
Tayanch tushunchalar: musiqiy-badiiy tarbiya, jismoniy tarbiya, psixologik xususiyatlar, etnopsixologik xususiyatlar.
O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta`lim konsepsiyasida ham belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga qadar aniqlana boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolaning o‘sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asosilanib, ta’lim-tarbiya tizimida odob estetik, musiqiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi uringa chiqarish, gramatikani bu qadar majburiy o‘rgatmaslik lozim bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan maqsad asosida vazifa va usullar belgilanadi va rivojlantiriladi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda tub isloxotlarni olib bordi. Xususan, ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va ta’lim sohasidagi boshqa qonunlar buning yakqol dalilidir. Bulardan kuzlangan maqsad yoki davlatimizga kerakli bo‘lgan yetuk, har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni tarbiyalash va ularni jamiyatda uz o‘rnini topishga imkoniyatlar yaratib berishdan iborat qilib qo‘yilgan. Albatta, bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyani birinchi bugini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib borish maqsadga muvofiqdir, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishni ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qdam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi lozim. Shu bois «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamalkatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Soglom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Inson, uning har tomonlama uygun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me`rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va tehnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni. har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta uzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida uz javobgarligini his etadigan fukarolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorladi.Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat (davlatga qarashli bo‘lmagan) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:

  • bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;

  • bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;

  • bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish.

  • bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:

  • 3 yoshdan 4-5 yoshgacha – 20-25 ta.

  • 5-6 yoshdan 6-7 yoshgacha–25-30 ta.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari lari hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, MTTlarini tashkil etish va tugatish Qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari lari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari;

  • nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari ;

  • qo`shma tipdagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari ;

  • ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarilarida esa, tashkilotning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki guruhlar tashkil etish ham “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘grisida”gi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida ham Maktabgacha ta’lim tashkilotlar lariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vaqolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg`or pedagogik va axborot tehnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida ko‘riladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari takdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir suz bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga etkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi-maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etar edi.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni soglom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi quyildi.
Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng ta`limiy faoliyatlar, o‘yinlar va boshqa faoliyatlar orqali amalga oshirildi. Bola har doim buyumlar, hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab kuradi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-atrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bola bilimlarni chuqur egallab olishga yordam beradi.
Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish, birinchi navbatda, bolaning imkoniyatlarini to‘g‘ri foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng ta`limiy faoliyatlari va boshqa faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari, ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:

  1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy dunoqarashini shakllantirish. Bola tevarak- atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlning sinchkovligini rivojlantirish va shu asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan o`yinli ta`lim faoliyatini o‘tkazishni rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə