Asqarova dilorom qurbonovna


«Sen ta’rifla, men topaman»



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə15/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

«Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik vazifa: Kattalarning savollariga narsaning xarakterli belgisini ajratib va nomini aytib javob berish.
O‘yin harakati:Kattalarga topishmoqni aytish.
O‘yin qoidasi :Ta’riflanayotgan narsaning nomini aytish mumkin emas. Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish.
Jihozlash : Sabzavot va mevalarni stol ustiga qo‘yiladi. Tarbiyachi stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi.
O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning qandayligini surayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman. Keyin tartib bilan tarbiyachi savol beradi: «Shakli qanday?, Hamma tomoni shardek dumaloqmi?, Chuqurchasi bormi?, Rangi qanday?,» va boshqalar.
Bolalar savollarga to‘la javob berishadi. Bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmoqni topadi.
Ta`limiy faoliyatda, o‘yinda, tabiat burchagida va maydonchadagi mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga atrofdagi olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami haqida elementar tushunchani shakllantiradi. Tarbiyachining hikoyasidan faolroq o‘zlashtirib olishga bolalarning jozibali munosabati imkon beradi. Ta`limiy faoliyatlarda, didaktik o‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy xususiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chiqarishga o‘rganadi, bolalar diqqati, xotirasi va ixtiyoriy idroki rivojlanadi. Ta`limiy faoliyatni, o‘yin vazifasini hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga yordam beradi. Ta`limiy faoliyatlar, didaktik o‘yinlar davomida turli maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali bolalar bog‘chasining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini uzlashtiradilar. Tabiiy materiallar bilan uynaladigan o‘yinlarni tanlashtirishda tarbiyachi o‘yinning mazmuni atrof muhitdagi tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim.
Masalan: «Urug‘ sotib olish» o‘yini bahorda, «Hosil yigishtirish» esa yoz yoki kuzda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham ta`limiy faoliyat, o‘yinning turlicha variantlarini o`ylashi mumkin: o‘yinga, ta`limiy faoliyatlarga qo`shimcha vazifa, yangi rol, bolalarning atrofdagi tabiat haqidagi bilimlarini boyitishga va boshqalar. Ba’zi bir xil didaktik o‘yinni turli variantda, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladi. O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar yoki boshqa predmetlarning soni oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, olma va boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan meva va sabzavotlarni kiritish mumkin.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga barg, gullar bilan o‘ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta, barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovg`a qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi. Bunday o‘yinlarni, Ta`limiy faoliyatni o‘tkazishda bolalarni o‘simliklarga nisbatan ehtiyotkorlikka, gullarni bekordan-bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim. Agar bola olma yoki boshqa predmetlarning shakliga diqqatini qaratgan bo‘lsa, unga olmani dumalatib ko‘rish, koptokdek silab kurish, uning silliqligini aniqlashni taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga o‘rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi olamida bolalarning bevosita kuzatishlari uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni parvarishlashga, o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə