Asqarova dilorom qurbonovna


Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə17/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizimi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan davlat hujjati bo‘lib hisoblanadi. Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo‘lib, ular bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini belgilaydi:
1. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi;
2. Ijtimoiy - hissiy rivojlanish.
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari.
4. Bilish jarayonining rivojlanishi.
5. Ijodiy rivojlanish.
Mazkur 5 ta yo‘nalish 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash
darajasini, atrof-olam haqidagi tushunchalarni va qo‘yilgan talablarni
egallashi uchun asosiy omil hisoblanadi. U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalik qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual (alohida) rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltiradi.
Davlat talablarining maqsadi:

  • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va tehnologiyaning zamonaviy
    yutuqlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini yo‘lga
    qo‘yish;

  • sifatli ta’lim ko‘rsatish xizmatlari, ta’lim va kadrlar tayyorlash
    sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

  • kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim faoliyatining tartibini belgilash;

  • bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan
    qiziqishlarini rivojlantirish;

  • bolaning intellektual shaxs sifatida va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan
    tanishtirish;

  • bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdir.

Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi har bir insonning jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, aholining savodxonligi bugungi kunda jamiyat rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Inson savodxonligi uning kelajak hayotining sifati darajasini belgilaydi va bugungi dunyoning jadal texnik yuksalish davrida muvaffaqiyatli faoliyat olib borish imkonini yaratadi. Shunday qilib, savodli bo‘lish bilimlar kalitiga ega bo‘lish deganidir. To‘g‘ri va ravon nutqqa ega bo‘lish murakkab jarayon bo‘lib, bola tug‘ilganidan boshlanadi va bir nechta omillardan kelib hiqadi. Nutqning rivojlanish jarayonida bola keyingi hayoti davomida rivojlanib va
takomillashib boruvchi murakkab bilimlar tizimini egallaydi.Go‘dakligida
qo‘llagan yuz ifodasi va tana harakatlari o‘rnini tezda tovushlar, so‘zlar va
gaplar egallaydi. Shunday qilib, endi ular o‘z fikr va hislarini ifoda eta oladilar, shu bilan birga ularga o‘zlari so‘zlashayotgan o‘zga kishilarni tushunish ham zarur bo‘ladi. Nutq oilada, keyinchalik, maktab va jamiyatda rivojlanib boradi. Til va
savodning rivojlanishi ona tilida ifodalash qobiliyatiga asoslanadi. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” yo‘nalishining asosi-so‘zlashuv nutqini tinglash va tushunish, kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, yozish malakalarini
rivojlantirishdir. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasi quyidagi
talablardan iborat bo‘lgan quyidagi kichik sohalarni o‘z ichiga oladi:
- nutq va til;
-o`qish malakalari;
-qo`l barmoqlari mayda motorikasi.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasi rivojlanishiga quyidagicha davlat talablari qo‘yiladi:

  • bola nutqni tinglash va tushunish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

  • bola so‘zlashish va muloqot qilishga qodir bo‘lishi;

  • oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • lug‘atni faollashtirish;

  • nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;

  • bog‘lanishli nutqni shakllantirish;

  • ijodiy hikoya qilishni shakllantirish lozim.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə