Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

6.1 Konstruksion omillar
Transport vositasining ishonchliligiga ta’sir etuvchi konstruksion omillar
guruhiga quyidagilar kiradi: ishonchlilik darajasi; konstruksiyaning murakkablik
darajasi; birxillashtirish (unifikatsiya) darajasi.
Ishonchlilik darajasi
transport vositasini ishlab chiqarishga va uni texnik soz
holatda tutib turishga ketadigan xarajatlarning nisbati bilan baholanadi.
Ishonchlilik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy konstruksion omillar:
-
detallarning shakli va o‘lchamlari, detallar sirtlariga tushadigan solishtirma
bosimlar, kuchlanishlar, metallning charchash qattiqligi;
-
konstruksiyaning mustahkamligi, detallarning ekspluatatsion yuklamalar
ta’siri ostida o‘z shaklini o‘zgartirishi;
-
birikmada ishlayotgan detallar sirtlari va o‘qlarining bir-biriga nisbatan aniq
joylashishi;
-
qo‘zg‘aluvchan va qo‘zgalmas birikmalarning ishonchli ishini ta’minlovchi
o‘tkazishlarning (posadka) to‘g‘ri tanlanishi;
-
dvigatellarning unumdor moy nasoslari bilan jihozlanishi;
-
moy nasosi yog‘ so‘rg‘ichi to‘rining qabariq holda bajarilishi;
-
moy haroratini pasaytirish va uning eskirishini sekinlatish uchun karterni
shamollatish tizimi, moy radiatorlari va moyni sifatli tozalashning qo‘llanishi;
-
dvigatellarda moyni ikkinchi marta tozalaydigan gidroreaktiv yuritmali
stentrifugalar ishlatish;
-
tirsakli vallarda moyni markazdan qochirma usulda tozalash uchun maxsus
kanallarning yasalishi;
-
haroratni optimal saqlash uchun sovitish tizimida termostatlarning
qo‘llanishi, boshqa omillar ham uchraydi.
Transport vositasining ishonchlilik darajasi oshgan sari joriy ta’mirlashga
bo‘lgan talab kamayadi, natijada ularni texnik soz saqlash uchun ketadigan sarf-
xarajalar ham pasayadi.


38
Bunday natijaga erishish uchun ko‘pkina izlanishlar, konstruksiyani
takomillashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli
bajarish kerak.
Transport vositasining ishonchlilik darajasi pasaygan sari joriy ta’mirlashga
bo‘lgan talab oshib boradi.
Transport vositasining foydalanishdan boshlab bosib o‘tgan masofasi oshgan
sari uning ishonchliligi asta-sekin pasayadi. Natijada buyumning buzilishlar oqimi
parametri oshib boradi (6.1-rasm ).

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə