Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


Inson resurslarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə3/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

1.3. Inson resurslarining o‘ziga xos xususiyatlari
Korxona va tashkilot o‘z oldiga qo'yilgan maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun barcha resurslardan - professorlar va ekspeditorlar mehnatidan, laboratoriya jihozlari va metallga ishlov berish stanoklaridan, prokat stanoklaridan, neft va paxta xom ashyosidan, metall rudasi va suvdan, pul
vositalaridan foydalanadi. Foydalaniladigan resurslar qanchalik xilma-xil bo'lmasin, ular an’anaviy ravishda uchta guruhga bo'linadi: natural yoki tabiiy resurslar (fransuz iqtisodchisi J.B. Eyting ta’rifi bo‘yicha yer); moddiy resurslar (kapital) va inson resurslari. Ularni ishlab chiqarish omili deb atash mumkin.
Insonlami boshqarish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir (moddiy va tabiiy resurslami boshqarish bilan bir qatorda). Biroq o‘z ta’riflariga ko'ra, odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan farq qiladi. Binobarin, ular boshqarishning alohida usullarini talab etadi.


Birinchidan,odamlar intellekt (aql, idrok, zakovat)ga ega bo‘lib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga) reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiy- o‘ylangan, anglab yetilgan reaksiyadir. Demak, tashkilot bilan xodim o‘itasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki tomonlamadir.

Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirlar. Inson o‘z hayotining ilk davrida yurishni, gaplashishni, o'qishni, yozishni, kompyuter bilan muomala qilishni o‘rganadi. U ishga kelar ekan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo'ladi. Bu ko‘nikmalar uning butun ish faoliyati davomida takomillashib boradi. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi davrida
13
qoilanilayotgan texnologiyalar, shu bilan birga kasbiy ko‘nikmalar eskirib qoldi. Shuning uchun ham xodimlaming doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirligi korxona va tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.

Uchinchidan, insonning mehnat faoliyati hozirgi jamiyatda 30-50 yil davom etadi. Shunga ko‘ra, inson bilan korxona va tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari ham uzoq davom etish xususiyatiga ega. Masalan, Fransiyada inson o'rta hisobda bir korxona yoki tashkilotda 16 yil mehnat qiladi. Yaponiyada esa to pensiyaga chiqquncha yollanadi.


Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə