|
 Bibliografiya lat p65bibliografiya 120843 (1), O`zbekiston respublikasi va o`rtaSavol va topshiriqlar
1. Òavsiya ko‘rsatkichlarini tayyorlashdan maqsad nima?
2. Òavsiya ko‘rsatkichlari kimlarga mo‘ljallanadi?
3. Òavsiya ro‘yxatlarini tuzish qoidasi haqida gapiring.
4. O‘qish rejalarining vazifasi nimalardan iborat?
5. Shaxslarga oid esdaliklarning ahamiyati nimada?
6. Axborot bulletenining xususiyatlari haqida to‘xtaling.
XVI BOB
.
OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI
TAYYORLASH VA O‘TKAZISH
Mavzuning maqsadi
—
talabalarga bibliografik xizmat ko‘rsa-
tish va bibliografik axborot berishning bir shakli — bibliografik
sharhlar, ularning turlari, tayyorlash va o‘tkazish haqida ma’lumot
berish.
Asosiy tushunchalar —
sharhlar, press reliz.
Bibliografik obzorlarning maqsadi, ahamiyati,
uni tayyorlash qoidasi
Adabiyotlar haqida axborot berish va ularni targ‘ib qilishning
eng tezkor, ko‘p qo‘llaniladigan usuli og‘zaki bibliografik
sharhlardir. Og‘zaki bibliografik sharh hujjatlar va ularning
turlari, matbuot asarlari haqidagi hikoyadan, bibliografik
axborotdan iborat. Boshqa tadbirlarga ko‘ra og‘zaki bibliografik
sharhlar o‘zining tezkorligi, dolzarbligi, hozirjavobligi, kitob-
xon ongiga tez yetib borishi va ta’sir etishi bilan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|