Biotexnologiya asoslari


Kallus to’qimasi morfogenetik



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   199
biotex

Kallus to’qimasi morfogenetik 
reaksiyasi

A
 - proliferiruyuhiy kallus; 

- adventivno’y pochek;  
V
 - ildiz (rizogenez) hosil  bo’lishi. 


tayyor bo’lishi kerak. Morfogenezni stimulini qabul qilish qobiliyati hujayrani kompentligi deb 
ataladi. Olimlarni fikriga hujayrani kompetentligi tasadduf voqeylik, shuning uchun ham juda kam 
uchraydi. SHu munosabati bilan o’zini kompetentsizligi tufayli morfogenez stimulini qabul 
qolaolmaydigan kallusli hujayralar hayoti to’g’risida savol tug’ilishi muqarrar. 
Ko’chatlarda bu hujayralar bo’linishda davom etadi va ko’proq gormonga muhtojsizlik 
yo’liga o’tib oladi. Ammo, kallus to’qimalarni hammasi ham o’zini rivojlanishini gormonga 
muhtojsizlik bilan tugatmaydi.  
Morfogenezni yangi markerlarini izlab topish ishlari davom etmoqda. Meristematik uchoq 
hujayralari va embrioidli strukturalar hosil bo’lishiga bosh bo’ladigan hujayralar kallusli 
hujayralardan RNK va DNK sintezini kuchligi bilan farq qiladi. Bu esa oqsil almashinuvini o’ziga 
xosligi bilan bog’liq. Oqsil almashinuvini o’zgarishi, tabaqasizlangan hujayralarda o’tadigan 
jarayonlarga o’xshash bo’lsada, ularni nihoyasi har xil. R.G.Butenkoning fikricha, reaksiyani 
spesifikasi (o’ziga xosligi), makromolekulalarni sintezini umuman kuchayishi bilan emas (bu 
proliferasiyani kuchaytirish uchun zarur), balki mana shu umumiy fonda sodir bo’layotgan noyob 
sintezlar va boshqaruvchi tipga ega bo’lgan oqsillarni paydo bo’lishini shart qilib qo’yishi bilan 
bog’liq. 
Kallusli kulturalar to’qimalarini morfogenezga o’tishi, nafas olish metabolizmini o’zgarishi 
bilan olib boriladi. Umuman nafas olish (SO
2
 bo’yicha) kuchayadi, ammo uni xarakteri 
pentozofosfat yo’lini kuchayishi tomon o’zgaradi. Nafas olish fermentlarini faolligi oshadi. 
Biokimyoviy o’zgarishdan keyin, hujayrani strukturasida reorganizasiya (qayta buzulish) 
boshlanadi. Hujayrani biokimyoviy o’zgarishi uni tuzilishini o’zgarishidan oldin turadi. 
Morfogenez yo’liga kirgan hujayralarda ribosomalar, mitoxondriyalar soni ko’payadi, ularni ichki 
tuzilishi o’zgaradi. Kallusli hujayralarda morfogenez jarayoni sinxronsiz o’tadi va uzoq davom 
etadi. Bir vaqtda kallusli to’qimalarda to’liq tuzilgan strukturalar hamda endigina bu yo’lga 
kirmoqchi bo’lgan hujayralarni ham kuzatish mumkin.  
Meristematik uchoqni hujayralarini vaglobulyar proembrioni sintetik faolligini oshishi, ularni 
ozuqa muhitidagi moddalar intiladigan attragir (ozuqa muhitini fitogormonlar miqdori ko’proq 
bo’lgan organga yo’llantiruvchi) markazga aylantirib qo’yadi. Bunday holatda atrofdagi kallusli 
hujayralar emirilib, hosil bo’lgan embrioidlar kallusli hujayralar massasidan oson tushib ketadi.  
Kallusli hujayralar bir-biri bilan plpzmodesmalar orqali bog’lanmaydi. Murtaksimon 
tuzilmalar yoki meristematik o’choq paydo bo’lganda, hujayralar oralig’ida qaytadan 
plazmodesmalar yordamida bog’lar paydo bo’ladi.  
Morfogenezda o’tadigan va kallusli hujayralardan o’simlik paydo bo’lishi bilan tugaydigan 
barcha o’zgarishlar maxsus genlar  orqali boshqarib (nazorat qilib) turiladi. Hozirgi vaqtda bir 
guruh olimlar – morfogenezni belgisi poligenli bo’lib, bir necha xromosomalar bilan nazorat qilib 
turiladi, deb hisoblasalar, boshqalari- bu belgi ikkita yadro geni bilan aniqlanadi, degan fikrga 
kelishgan. Kallusli hujayralarni morfo-genetik faolligi genetik tabiatga ega ekanligini o’zi, nima 
uchun ba’zi-bir hollarda kallusli to’qimalardan u yoki bu genotiplarni regenerasiyasini olish 
mumkin emasligini tushuntirib beradi. 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə