Bolalar sporti asoslari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə48/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Internet saytlari

1. http://www.sport.ru

2. http://www.sport.com.

3. http://www.sport.uz.

4.www.lex.uz.

5.www.ziyonet.uz




Mavzu: Bolalar va o’smirlar tayyorgarligining tanlangan sport turidagi chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi
Reja

1. Tayyorgarlikning asosiy vazifalari

2. Sport texnika va taktikasining takomillashuv jarayoni

3. 17-18 yoshli o’smirlarni mashg’ulot


Tayyorgarlikning asosiy vazifalari

Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi mashg’ulot yuklamalarining hajmi va intensivligini to`xtovsiz oshirilishi hamda jismoniy hislat, sport texnika va taktikasining takomillashuvi ustida yanada ixtisoslashgan mashqlarni bajarish va musobaqalarning tobora o`sib borayotgan sonida ishtirok etish bilan tavsiflanadi.

Mashg’ulot vazifalarini muvaffaqiyatli yechish maqsadida tanlangan sport faoliyatida zaruriy bo`lgan maxsus sifatlarni tarbiyalashga ko`maklashuvchi mashqlar kompleksi tanlanadi. Odatda, mashg’ulot vositalari yosh sportchi ixtisoslashgan sport turidagi asosiy musobaqa mashqi bilan bajarish shakli va xarakteri bo`yicha o`xshashlikka ega. Masalan, chidamlilikni namoyon qilishni talab qilgan sport turlarida jismoniy tayyorgarlik dasturida asosiy harakat ko`nikmasining shakllanishiga shug’ullanayotgan sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini oshishiga sportning tanlangan turiga oid bo`lgan jismoniy hislatlarni tarbiyalashga ko`maklasha oladigan mashqlarni tanlab, ularni uzoq muddat va uzluksiz bajarish asosiy o`rinni egallaydi.

Maxsus jismoniy texnik va taktik tayyorgarlikning miqdori ahamiyatli darajada oshadi, ammo bu umumiy-jismoniy tayyorgarlik hisobiga emas, balki maxsus tayyorgarlikka ajratilgan vaqtning o`sishi tufayli erishiladi. Shunday qilib, mazkur bosqichda sport mashg’ulotining barcha o`ziga xos qonunlari yorqin, aniq namoyon bo`ladi. Mashg’ulot jarayoni chuqurlashtirilgan sport ixtisoslashuvining belgilariga ega bo`ladi.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə