Boshlang`ich ta`lim ” yo`nalishi 203– guruh talabasi axmedova Yulduz Ulug`bekovnaning



Yüklə 89,18 Kb.
səhifə7/8
tarix23.05.2023
ölçüsü89,18 Kb.
#112209
1   2   3   4   5   6   7   8
Axmedova Yulduz Kurs ishi ATOM

Javdar non
Buvimlar Humson qishlog`ida yashaydilar. Qishki ta`til kunlari onam bilan buvimlarnikiga bordik. Humson juda chiroyli qishloq. Bir tomoni baland tog`, bir tomonida daryosi bor. Atrof oppoq qor bilan qoplangan. Buvimlar bizni sevinib kutib oldilar.
Yaxshi kelibsizlar, hozir non yopaman hamir oshib turibdi dedilar. Men o`rtog`im bilan tepalikdan sirpanchiq uchishga shoshildim, chanamiz ham qo`lbola uni bobom yasam berganlar. Unga bir necha bola o`tirsa ham bo`ladi. Mazza qilib chanada uchdik, qorbo`ron o`ynadik.

  • Dilmurodjon keagol bolam non pishdi, choy ham ichib, – olgin dedilar buvim. Pasttakina devordan qarab qornimoch edi. Yugurib uyga keldim. Issiqqina sandalga o`tirdim. Katta patnis ustida jiyda non yo`q, bargak, hatto tutn mayiz ham bor. Buvim bir sevat non ko`tarib kirdilar. Xona non isiga to`ldi. Buvim nonlardan ushtib qo`ydilar, ol bolam nondan yegin dedilar. Men nonni yeb ko`rsam shunchalik shirinki men hech qachon bunday non yemaganman. Buvijon noningiz buncha shirin? – deb savol berdim.

    • Ha bolam bu non javdan bug`doyining unidan bo`lgan.

    • Javdar deganingiz nima?

    • Javdar bug`doyning bir turi.

U sovuqqa chidamli doni ser hosil bo`ladi. Biz doim javdar unidan non yopamiz.
U juda barakali. Shunday qilib ta`til kunlari har kuni buvimlarnikida issiq javdar nondan yeb mazza qilib, dam oldik.
O`quvchi asar mazmunini so`zlab beradi.
Demak xattaxta ildiga ikki o`quvchi taklif qilingan bo`ladi. O`quvchilare hikoyaq qilib bo`lishgach o`qituvchi bolalarga savollar berib javoblar oladi.

I bosqich.


Savol: hikoyaning nomi nima? Javob: “Javdar non”
Savol: Voqea nimadan boshlanadi?
Javob: Qishki ta`til kunlari onam bilan buvimlarnikiga bordik.

II bosqich.


Savol: Hikoya qahramonlari kimlar? Javob: Onasi, buvisi, bolalar, Dilmurodjon. Savol: Javdar nima ekan?
Javob: Javdar bug`doyning bir turi.
Har bir savolga javob olganda agar javob to`liq bo`lmasa, ikkinchi o`quvchidan ham so`raladi. Hikoya mazmuni va uning tarbiyaviy, ahamiyatiga oid savollarning sinfning har bir o`quvchisiga berib, hikoyadan olgan taassurotlar boyitiladi, 2- sinf o`qish kitobidagi “Javdar non” hikoyasi ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi.

  1. Shaxsning o`zgatirib qayta hikoyalash.

  2. Hikoyada ishtirok euvchi biror persinaj tilidan qayta hikoya qilish.

  1. “Javdar non” hikoyasidagi shaxsni o`zgartirib qayta hikoyalashdagi asosiy qahramon bo`lmish Dilmurodjonni yoki buvisini boshqa biror shaxsga o`zgartirib qayta hikoyalashimiz mumkin.

  2. Bu hikoya Dilmurodjon tomonidan hikoya qilinyapti. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tomonidan qayta hikoyalash uchun Dilmurodjonning buvisi yoki oyisini tanlashimiz mumkin.

XULOSA
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlab o`tish kerakki, nutq o`stirish mashg`ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o`qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o`rgatish va ularni sahnalashtirish, she`rni yod oldirish o`qituvchiga katta mahorat va mas`uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo`lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg`ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo`ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug`atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to`g`ri shakllanib borishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o`qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so`zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o`qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o`xshatishga harakat qiladilar. Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma`naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog`liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o`qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog`onalarga olib chiqish avvalo o`qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas`uliyatli vazifani yuklaydi. Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so`zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o`zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo`l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o`rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo`yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro`y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta`minlash imkonini beruvchi usullarni tashkil etishning maqbul shaklini izlash, nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday o`quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etish yuzasidan yangicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, berilayotgan ta`lim sifati natijadorligini ta`minlash zamonaviy o`qituvchidan katta pedagogik mahorat, yuqori kompetentlik va ijodkorlikni talab etadi.

Yüklə 89,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə