Boshqaruv psixologiyasi


Lavozimda o‘sish motivatsion omil sifatida



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə63/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Lavozimda o‘sish motivatsion omil sifatida ish joyiga kelayotgan yosh mutaxassislar uchun katta turtkidir. Bu xususda yana chet elda mavjud boy tajribalarga murojaat etish mumkin. IBM kompaniyasida yuqori bo‘g‘in rahbarlik lavozimiga mos nomzodlar ancha erta aniqlanadi va keyingi 10 yil yoki undan oshiq vaqt davomida ularni lavozimda ko‘tarishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik davri shundan iboratki, xodim mansabda o‘sib borar ekan, bu vaqt mobaynida uni yirik xatodan iloji boricha asrab kelinadi. Mana shunday “tarbiya” natijasida o‘z-o‘ziga ishongan, kompaniya madaniyati bilan sug‘orilgan rahbar etishib chiqadi. Bunday tadbir rahbarlikka nomzod xodimlarni individual tarzda puxta o‘rganishni, uning qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha alohida tadbirlar tashkil etish imkonini beradi.
CHet el etakchi kompaniyalarining yana birida xodimning lavozimda o‘sishi quyidagi tartib bo‘yicha amalga oshadi. Olim va injenerlar o‘z lavozimlarida belgilangan maosh bilan ishlar ekanlar, ular tamoman yangi g‘oyani ilgari surishlari mumkin. Agar bu g‘oya joriy etilsa rahbariyat yangi mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha guruh tashkil etadi. Mahsulot bozorga chiqqanda xodim “mahsulot bo‘yicha injener” nomini oladi. Ushbu mahsulotni sotish hajmi 1 mln. dollarga etsa kashfiyot o‘zlashtirilgan mahsulot toifasiga kiritiladi va bo‘lim mavqei o‘zgaradi. Sotuv 5 mln. ga etganda yana o‘zgarish bo‘lib o‘tadi, injener esa “mahsulot bo‘yicha menejer” lavozimini oladi. Sotish hajmi 20 mln. etishi mustaqillik uchun yana bir pog‘ona va nihoyat 75 mln.ga etganda bo‘lim o‘z rahbariga ega alohida xo‘jalikka aylanadi. SHunday qilib, olinayotgan daromad iloji boricha ratsionalizatorning o‘z xo‘jaligiga kelib tushaveradi.4
Rahbar o‘zining ayrim vazifalarini ilg‘or xodimlarga taqsimlashi orqali xodimning tashkilotda faol ishlashi ta’minlanadi. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga jalb etish, ularning ijrosi bo‘yicha ayrim vazifalarni xodimlar zimmasiga yuklash tashkilot qadriyatlari va maqsadlarini qabul qilishni kuchaytiradi va motivatsion omil sifatida qo‘llaniladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə