Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə64/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Salbiy omillarni cheklash esa Xersberg ko‘rsatgan gigienik omillar ta’sirini iloji boricha kamaytirishda ifodalanadi. Bular qatoriga: haq to‘lashdagi adolatsizlik, qoniqarsiz ish sharoitlari, nazorat shaklining ish uslubiga mos kelmasligi, ortiqcha ma’muriyatchilik va shu kabi salbiy sabablar kiradi.
Mehnat samaradorligini oshiruvchi quyidagi uslublar mavjud:
-Iqtisodiy uslublar (pul bilan rag‘batlantirish yoki mukofotdan mahrum qilish va jarima solish kabilar).
-Maqsadni ifodalovchi uslub (xodimlar oldida aniq va tushunarli maqsadni qo‘yish ularning faolligini oshiradi).
-Mehnat ko‘lamini kengaytirish va boyitish (mehnatni kengaytirish deganda xodim bajarayotgandan ko‘ra ko‘proq xajmda ishni berish, boyitish deganda esa bajarilayotgan ishdan ko‘ra murakkabrog‘ini, qiziqarlirog‘ini, yanada ahamiyatlisi, saviya jihatidan yuqorirog‘ini taklif etishni nazarda tutadi).
-Jalb etishni kuchaytirish (xodimni boshqaruv qarorlari qabul qilish va ijro etishga jalb etishni nazarda tutadi).
CHet el ilg‘or firmalarida mehnatga yangi mazmun bag‘ishlash eng samarali natija berayotgan motivatsion uslublar qatoridan o‘rin oladi. Bu uslub partisipativlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, xodim bilan iloji boricha gorizontal aloqani kuchaytirishni taqozo qiladi.
«Erkin ish rejasi» motivatsiya uslubi sifatida. Mehnatni tashkil etishning erkin rejasi kabi uslub qator chet el kompaniyalarida joriy etilgan tajriba bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha. Bu uslubga binoan soat 8 dan 17 ga qadar ishlaydigan tashkilotga xodim ertalab 8-10 lar chamasi xohlagan vaqtida kelishi va 15-17 lar chamasi keta oladi; 10-12 va 14-15 soatlar oralig‘ida u albatta ish joyida bo‘lishi shart. Xodim 12 dan 14 ga qadar xohlagan vaqtida 30 minutga tushlik ovqatga vaqt ajratishiga ruxsat beriladi. Bunday “kundalik tartib”da xodim o‘z vaqtini o‘zi boshqaradi va o‘z ishi uchun o‘zi mas’ul bo‘ladi. Mazkur tartib joriy etilgan tashkilotlarda ish unumdorligi 3 dan 12% gacha o‘sgan, ishdan bo‘shashlar soni kamaygan va jamodagi psixologik muhit yaxshilangan. Faqat vaqtni hisobga olish bir oz qiyinlashadi. Xodimlarning ishga kelish va ketish vaqtlari esa maxsus elektron kartochkasida belgilanib boradi va me’yoridan oshiq ishlangan vaqt mehnat tatiliga qo‘shib beriladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə