Boshqaruv psixologiyasi


-Mavzu: Rahbarlik uslublari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə72/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

8-Mavzu: Rahbarlik uslublari
Reja:
1.Boshqaruv uslublari:avtoritar, demokratik, liberal.
2.Jamoadagi o‘rni, o‘zini baholashi.
3. Tanqidiy fikrlarga munosabati, korxona iqtisodiy samarasidagi ulushi va ta’siri.
4.An’anaviy yondashuv.
5. Zamonaviy yondashuvlar.
6.Vaziyatga oid rahbarlik uslubi.
7. Boshqaruv motritsasi
Mavzuni qisqacha bayoni: SHaxsning reprezentativ tizimi deganda – insonning tashqi olamdan ma’lumotni idrok etishi, uni miyada qayta ishlashi va bayon etish uslubi tushuniladi. Ma’lumki, odam tashqi olamdagi ma’lumotni beshta sezgi organlari – ko‘rish, eshitish, tana sezgisi (tuyish), ta’m va hid bilish orqali qabul qiladi. Sanab o‘tilganlar ichida birinchi uchtasi asosiy ma’lumot etkazuvchi sezgi turlari bo‘lib, ularni ba’zan uch asosiy reprezentativ tizim ham deb ataladi. Bunday talqinda ko‘rish-vizual, eshitish-audial, tuyish-kinestetik reprezentativ tizimlar nazarda tutiladi. Aniqlanishicha, har bir inson tashqi muhitdagi ma’lumotni qabul qilishda uchchala reprezentativ tizimdan foydalanadi. Lekin, har bir odamning tabiiy moyilligi va yashash muhiti unda bironta reprezentativ tizimni etakchi qilib qo‘yadi. Mana shu etakchi reprezentativ tizimning turliligi tashkilot miqyosidagi xodimlar tipologiyasi uchun yana bir asos bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat jamoasini boshqaruvchi rahbar uchun o‘z qo‘li ostidagi xodimda qaysi reprezentativ tizim etakchiligini bilish muhimdir. Bunday xususiyatni bilgan holda xodimning odatiy harakatlari sababini bilishga, uning xulqi natijalarini oldindan taxmin qila olishga va kezi kelganda biron masalani uning idrokiga mos ravishda tushuntira olishimizga imkon beradi.
O‘zaro muloqot davomida o‘zganing etakchi reprezentativ tizimini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  1. Ko‘z harakatlarini kuzatish. Amerikalik mashhur amaliyotchi psixologlar R. Bendler va Dj.Grinder tadqiqotlari orqali aniqlanishicha, odam uchta reprezentativ tizimning birontasidan foydalanar ekan, bu jarayon uning ko‘z harakatida ham ifodalanadi. Qarshimizdagi odam ko‘z (gavhari) harakatining yo‘nalishi uning ruhiy jarayoni muayyan reprezentativ tizimga asoslangan holda o‘tayotganligidan dalolat beradi. Masalan, ko‘zning gorizontal holatda chapga, o‘ngga hamda pastga-chapga yo‘nalganligi audial tizimga murojaat etayotganligi belgisidir; ko‘zning yuqoriga-chapga, yuqoriga-o‘ngga hamda to‘g‘riga yo‘nalishi vizual tizimga moyillik belgisi; ko‘zning pastga-o‘ngga yo‘nalganligi esa ayni paytda kintestetik tizim ustunligini ifodalaydi.1

  2. Suhbatdoshning nutqini tahlil etish. Muloqot davomida suhbatdoshimiz qaysi reprezentativ tizimga asoslanishini aniqlashning asosiy uslublaridan biri uning so‘zlarini tahlil etishdir. Odatda, kundalik muloqot davomida odamlar gapning sintaktik tuzilmasi va so‘zlarga beixtiyor murojaat etadilar. O‘zga kimsaning gapidagi so‘zlarga e’tibor bergan holda uning hayot tajribasi va shaxsiy xislatlarini aniqlab olish qiyin emas. Gapning ega, sifat va ravish qismlari ayni paytdagi reprezentativ tizimni aks ettiradi. Aynan shunday so‘zlar majmuasi u yoki bu reprezentativ tizim etakchi bo‘lgan kimsalarda turlicha ko‘rinishga ega. Quyida turli reprezentativ tizimga moyil kishilar nutqida uchrovchi so‘zlar qatori bayon etilgan:

  • Vizual reperezentativ tizimli kimsaning nutqida – ko‘rish, qarash, tasavvur etish, aniq, uzoqni ko‘zlab, oldindan ko‘rish, narsalarga e’tibor berish, ko‘rsatmok, xayolan, kuzatish, qarashlar, o‘xshash, tasvir, noaniq va shu kabi so‘zlar ko‘p uchraydi.

  • Audial reprezentativ tizimga mansub kishining nutqida – eshitmoq, tinglamoq, eshitilmoq, aks sado kabi, shovqin, tinch, tovushning turli ohanglari, pichirlab aytmoq, tadaffuz etmoq, aniq eshitmoq kabi so‘zlar tez-tez uchraydi.

  • Kinestetik uchun esa – sezmoq, his etmoq, sinmoq, tutib olmoq, (fikrni) ilg‘ab olmoq, sovuq, issiq, qattiq, urinmoq, qiyin, bosim, bosmoq, ko‘z yugurtirib chiqish, sezgir, tegizmoq, tiyib turish yoki tura olmaslik va shu kabi so‘zlar ko‘p uchraydi.


  1. Yüklə 1,93 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə