Boshqaruv psixologiyasi


Xodim ruhiyatini tashkilot qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə69/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Xodim ruhiyatini tashkilot qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish - umumiy maqsadni shakllantirishdagi faoliyat ham xodimni yuksak ko‘rsatkichlar bilan mehnat qilishidagi tadbirlardan biridir.
Bajarilayotgan ishga qiziqish uyg‘otish, mehnatdan qoniqish olish bo‘yicha harakatlar, bajarilayotgan mehnatning xodim qobiliyatlariga moslashtirish, hamda xodimni qaror qabul qilish jarayoniga jalb etish ham uning tashkilot miqyosidagi faolligini oshiruvchi omildir.
O‘z-o‘zini baholash motivatsiya omili sifatida. Mehnat motivatsiyasini shakllantirish uslublaridan biri xodimning faoliyat maqsadini aniqlashi va baholashida shaxsan ishtirok etishidir. Bunday tadbirda xodim rahbar bilan birgalikda maqsadga erishish mezonini ishlab chiqadilar va vazifa ado etilgandan so‘ng xodim mavjud mezondan kelib chiqqan holda o‘zi o‘ziga baho beradi.
Erishilgan yutuqlarni taqdirlash uslubini o‘zgartirib borish xodimning faoliyatini yanada takomillashtirish uchun yaxshi asos hisoblanadi. Bu borada xodim erishgan yutuqlarni moddiy rag‘batlantirish bilan birga lavozimda o‘sish kabi imkoniyatni ham qo‘llash o‘rinlidir. Surunkali ravishda yaxshi natija ko‘rsatayotgan xodimni lavozimda ko‘tarish uning ish uslubini doimo yuqori saviyada ushlab turish uchun motivatsiya omilidir. Lavozimda o‘sish ko‘pgina etuk korxonalar orqali asosiy motivatsion omillar qatorida qo‘llaniladi. Bunga misol tariqasida chet el ilg‘or kompaniyalarida qo‘llanuvchi tajribalar haqida qisqacha gapirib o‘tish mumkin. Masalan, Germaniyadagi ba’zi kompaniyalarda mutaxassis va rahbarlar lavozimda o‘sishlari istiqboli haqida batafsil ma’lumotga egalar. Odatda korxonadagi har bir ish joyi mehnat sharoitlariga oid Jeneva sxemasi asosida baholab chiqilgan hamda ish joylariga oid maoshlar matritsasi yaratilgan. Bu matritsada bir xil imkoniyatli va maoshga ega bo‘lgan kasblar gorizontal tarzda, yoki baland maoshli va mavqeli joylar esa vertikal tarzda joylashtiriladi. Xodim o‘z imkoniyat va qobiliyatidan kelib chiqqan holda xizmat pog‘onasida o‘sishning turli variantlari bilan tanishishi va tanlashi imkoniyatiga ega.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə