Boshqaruv psixologiyasi


Lavozimda o‘sish motivatsion omil sifatida



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə70/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Lavozimda o‘sish motivatsion omil sifatida ish joyiga kelayotgan yosh mutaxassislar uchun katta turtkidir. Bu xususda yana chet elda mavjud boy tajribalarga murojaat etish mumkin. IBM kompaniyasida yuqori bo‘g‘in rahbarlik lavozimiga mos nomzodlar ancha erta aniqlanadi va keyingi 10 yil yoki undan oshiq vaqt davomida ularni lavozimda ko‘tarishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik davri shundan iboratki, xodim mansabda o‘sib borar ekan, bu vaqt mobaynida uni yirik xatodan iloji boricha asrab kelinadi. Mana shunday “tarbiya” natijasida o‘z-o‘ziga ishongan, kompaniya madaniyati bilan sug‘orilgan rahbar etishib chiqadi. Bunday tadbir rahbarlikka nomzod xodimlarni individual tarzda puxta o‘rganishni, uning qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha alohida tadbirlar tashkil etish imkonini beradi.Rahbar o‘zining ayrim vazifalarini ilg‘or xodimlarga taqsimlashi orqali xodimning tashkilotda faol ishlashi ta’minlanadi. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga jalb etish, ularning ijrosi bo‘yicha ayrim vazifalarni xodimlar zimmasiga yuklash tashkilot qadriyatlari va maqsadlarini qabul qilishni kuchaytiradi va motivatsion omil sifatida qo‘llaniladi.
Salbiy omillarni cheklash esa Xersberg ko‘rsatgan gigienik omillar ta’sirini iloji boricha kamaytirishda ifodalanadi. Bular qatoriga: haq to‘lashdagi adolatsizlik, qoniqarsiz ish sharoitlari, nazorat shaklining ish uslubiga mos kelmasligi, ortiqcha ma’muriyatchilik va shu kabi salbiy sabablar kiradi.
Mehnat samaradorligini oshiruvchi quyidagi uslublar mavjud:
-Iqtisodiy uslublar (pul bilan rag‘batlantirish yoki mukofotdan mahrum qilish va jarima solish kabilar).
-Maqsadni ifodalovchi uslub (xodimlar oldida aniq va tushunarli maqsadni qo‘yish ularning faolligini oshiradi).
-Mehnat ko‘lamini kengaytirish va boyitish (mehnatni kengaytirish deganda xodim bajarayotgandan ko‘ra ko‘proq xajmda ishni berish, boyitish deganda esa bajarilayotgan ishdan ko‘ra murakkabrog‘ini, qiziqarlirog‘ini, yanada ahamiyatlisi, saviya jihatidan yuqorirog‘ini taklif etishni nazarda tutadi).
-Jalb etishni kuchaytirish (xodimni boshqaruv qarorlari qabul qilish va ijro etishga jalb etishni nazarda tutadi).
CHet el ilg‘or firmalarida mehnatga yangi mazmun bag‘ishlash eng samarali natija berayotgan motivatsion uslublar qatoridan o‘rin oladi. Bu uslub partisipativlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, xodim bilan iloji boricha gorizontal aloqani kuchaytirishni taqozo qiladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə