Boshqaruv psixologiyasi


Qayta aloqa motivatsiyalash omili sifatida



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə68/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Qayta aloqa motivatsiyalash omili sifatida. Ingliz psixologi Dj. Braun ta’kidlashicha, o‘z mehnati natijalari haqidagi ma’lumotning yo‘qligi tashkilotga va mehnatga befarqlikni yuzaga keltiradi. Xodimga uning ish natijalari haqida muntazam axborot berib borish kuchli motivatsiya omili ekanligi isbotlangan. qator tadqiqotlarda aniqlanishicha, xodimni muntazam ravishda faoliyat natijasi haqida xabardor qilish uning mehnat samaradorligini 12-15% oshirgan. har bir xodim o‘z mehnat natijasi haqida ma’lumot olib turishni xohlaydi. Mehnat yutuqlari shu zahotiyoq taqdirlanganda uning samarasi yuqori bo‘ladi. Erishilgan natija haqida kechiktirib tashakkur bildirish bu taqdirlashning ahamiyatini tushirib yuboradi. «o‘z vaqtida berilgan narsa ikki barobar qiymatga ega» degan maqol ham bejiz emas.
Xodim yoshi va motivatsiyalash xususiyatlari. Tashkilotdagi xodimlarning xohish va ehtiyoji turlicha bo‘lib, ularning jinsi va yoshi, ijtimoiy mavqeidan kelib chiqib u yoki bu tadbirni qo‘llash kifoya, degan umumiy maslahatni berish juda qiyin. Lekin, shaxsning ishchanlik xususiyati ko‘p hollarda ayrim qonuniyatlarga mos kelishi ham mumkin. Masalan, ba’zi bir olimlar ta’kidlashicha inson yigitlik davrida (25-30 yosh) o‘z-o‘zini tasdiqlashga intiladi, ilk kattalik davrida (30-45 yosh) lavozimda o‘sishga, etuk davrida (45-65 yosh) esa erishgan yutuqlarini saqlab qolish niyatida bo‘ladi.5 Bunday oddiy sxemalar psixologiya fanida mavjud va ayrim paytda ulardan rag‘batlantirish tizimini shakllantirish maqsadida foydalanish mumkin.
Xodimlarni nafaqat taqdirlash, balki yo‘l qo‘yilgan xato uchun jazolash ham kuchli motivatsiya omilidir. o‘z vaqtida va adolatli berilgan tanbeh xodimni o‘z mehnat natijalarini yaxshilashga undaydi. qanday muhitda tanbeh berish ham katta ahamiyatga ega. «Agar mehnat intizomini buzsangiz qaerda ogohlantirish olishni ma’qul ko‘rardingiz?» degan savolga berilgan javoblar quyidagicha: 77,4% - o‘z bo‘limimda (brigadada), 18% sexda, 4,3% ishchilar esa tashkilot miqyosida degan javobni tanlashgan. «o‘z mehnat yutuqlaringiz haqidagi tashakkurnomani qaerda eshitishni hohlardingiz?» degan savolga olingan javoblar esa quyidagicha ko‘rinishga ega: 5,4% bo‘limda (brigadada), 39,7% sexda va 54,9% xodimlar esa tashkilot miqyosida deb tanlashgan. Ushbu ma’lumotlar rahbarga tashkilotda rag‘batlantirish va jazolash uslublarini oqilona tarzda qo‘llay olish uchun imkoniyat yaratadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə