Boshqaruv psixologiyasi


«Erkin ish rejasi» motivatsiya uslubi sifatida



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə71/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

«Erkin ish rejasi» motivatsiya uslubi sifatida. Mehnatni tashkil etishning erkin rejasi kabi uslub qator chet el kompaniyalarida joriy etilgan tajriba bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha. Bu uslubga binoan soat 8 dan 17 ga qadar ishlaydigan tashkilotga xodim ertalab 8-10 lar chamasi xohlagan vaqtida kelishi va 15-17 lar chamasi keta oladi; 10-12 va 14-15 soatlar oralig‘ida u albatta ish joyida bo‘lishi shart. Xodim 12 dan 14 ga qadar xohlagan vaqtida 30 minutga tushlik ovqatga vaqt ajratishiga ruxsat beriladi. Bunday “kundalik tartib”da xodim o‘z vaqtini o‘zi boshqaradi va o‘z ishi uchun o‘zi mas’ul bo‘ladi. Mazkur tartib joriy etilgan tashkilotlarda ish unumdorligi 3 dan 12% gacha o‘sgan, ishdan bo‘shashlar soni kamaygan va jamodagi psixologik muhit yaxshilangan. Faqat vaqtni hisobga olish bir oz qiyinlashadi. Xodimlarning ishga kelish va ketish vaqtlari esa maxsus elektron kartochkasida belgilanib boradi va me’yoridan oshiq ishlangan vaqt mehnat tatiliga qo‘shib beriladi.
Tashkilot hayotining xodim motivatsiyasiga ta’siri. Tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi, mahsulot ishlab chiqarishda yangi ixtirolarga talab oshishi sharoitida xodimlardan iloji boricha faollik va tashabbus kutiladi. Bunday vaziyatda xodimning ichki motivatsiyasini kuchaytirish tashkilot oldida turgan vazifalarni hal etishdagi asosiy omildir.
qator tadqiqotlar asosida tashkilotdagi mavjud turli omillarning xodim motivatsiyasiga ta’sirini 107 betdagi chizma ko‘rinishida bayon etish mumkin. CHizmadan ko‘rinib turganidek tashkilotda qator omillar borki, ular xodim motivatsiyasini kuchaytiradi. Bular orasida eng ahamiyatlisi xodimni mutaxassis sifatida tan olish, u bilan maslahatlashish, xodimga o‘z kasbi ustasi maqomida unga ishonch bilan qarashdir. Bajarayotgan ishidagi yuqori natijalar xodimning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi va faolligini oshiradi. Bu borada xodim qobiliyatiga mos vazifa berish va uni muvaffaqiyatli ado etishni ta’minlash juda muhimdir. Xodim tomonidan tashkilot maqsadini aniq tasavvur etish va bu maqsadni qabul qilish kuchli motivatsiya omili hisoblanadi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə