Boshqaruv psixologiyasi


Tazyiq (bosim) sharoitida ishlash



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə74/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Tazyiq (bosim) sharoitida ishlash. Odatda tashkilot miqyosida tazyiq sharoiti yuzaga kelganda xodimlarning ikki xil xulqi ko‘zga tashlanadi. Ba’zi bir xodimlar tazyiq sharoitida samarali faoliyat yurita oladilar, vaqt tanqisligi sharoitida tezda o‘rinli qaror qabul qiladilar, o‘z mehnat harakatlarini maqsadga muvofiq tarzda tashkil eta oladilar. Ammo, ayrim xodimlar bunday sharoitda o‘zlarini mutlaqo noqulay his etadilar va ishga qo‘llari bormaydi, bajarayotgan ishlari qovushmaydi. SHu bois, tashkilotdagi xodimlarni yana ikki toifaga – tazyiq muhitida samarali ishlaydigan va samarasiz faoliyat yurituvchi shaxslarga ajratish mumkin.
Fikrlash uslubiga ko‘ra esa xodimlarni quyidagi toifaga ajratish mumkin. Analitiklar – ishning mazmunini qadrlaydilar, kasb mahoratini o‘stirish, malakani oshirish va lavozimning doimiyligiga e’tibor qaratadilar.
Pragmatiklar – bunday kimsalarga lavozimda o‘sish-u, maosh birinchi o‘rinda turadi. Agar tashkilotda ularning ehtiyojiga mos sharoit bo‘lsa ular ishlaydilar, aks holda tezda ishdan bo‘shab ketadilar.
Tanqidiy fikrlovchilar, kritiklar – ekspert mavqeiga ega bo‘lish va boshqa xodimlarning mehnat mahsullarini baholashni xush ko‘radilar. O‘z fikr va qarashlarini ochiq oydin aytish imkoniyatini izlaydilar, tashkilotdagi obro‘li kimsalarga mensimay qaraydilar. Har narsaga tanqidiy nazar bilan qarash evaziga kutilayotgan muvaffaqiyatsizlik haqida oldindan fikr bildiradilar.
Realist – liderlikka va boshqaruvga intiladigan shaxs. Bunday odam rahbarlik qobiliyatiga ega. Agar rahbarlik lavozimidagi o‘rin bo‘shashi kutilayotgan bo‘lsa ular ishlaydilar, aks holda bo‘shab ketadilar.
Ushbu mavzuda yoritilgan fikrlar tashkilotdagi xodimlar va rahbarlarga xos individual-psixologik xislatlarni asosli tarzda tushunish imkonini yaratadi, har bir xodimga mos vazifani taqsimlash bilan birga tashkilot faoliyatini xodimlar xususiyatiga mos tarzda muvofiqlashtirish borasida ma’lumot beradi.
9-Mavzu: Rahbar shaxsi psixologiyasi
Reja:
1.Boshqaruv faoliyatida rahbar shaxsi va lider shaxsiga oid psixologik fazilat va sifatlar.
2.Boshqaruvda muloqot usulining afzal va o‘ziga xos tomonlari.
3.Rahbar shaxsiga zarur bo‘lgan xislatlar:tashkilotchilik, tinimsiz mehnat, talant, temperament.
4.Muloqotda idrok jarayoni.5. Faoliyat uslubiga ko‘ra: avtoritar, demokratik,liberal, pedantik, aralash.Faoliyat xususiyatiga ko‘ra: universal, biryoqlama.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə