Boshqaruv psixologiyasi


Mavzuning qisqacha bayoni



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə75/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Mavzuning qisqacha bayoni: Fikrlash uslubiga ko‘ra esa xodimlarni quyidagi toifaga ajratish mumkin. Analitiklar – ishning mazmunini qadrlaydilar, kasb mahoratini o‘stirish, malakani oshirish va lavozimning doimiyligiga e’tibor qaratadilar. Bamaylixotir bajariladigan, vaqti cheklanmagan va batafsil tahlil talab etuvchi ishlar ularga yoqadi. SHu jumladan biron yangi tajribaga ega bo‘lish imkonini beruvchi vazifalarga jon-dillari bilan kirishadilar.Pragmatiklar – bunday kimsalarga lavozimda o‘sish-u, maosh birinchi o‘rinda turadi. Agar tashkilotda ularning ehtiyojiga mos sharoit bo‘lsa ular ishlaydilar, aks holda tezda ishdan bo‘shab ketadilar.Tanqidiy fikrlovchilar, kritiklar – ekspert mavqeiga ega bo‘lish va boshqa xodimlarning mehnat mahsullarini baholashni xush ko‘radilar. O‘z fikr va qarashlarini ochiq oydin aytish imkoniyatini izlaydilar, tashkilotdagi obro‘li kimsalarga mensimay qaraydilar. Har narsaga tanqidiy nazar bilan qarash evaziga kutilayotgan muvaffaqiyatsizlik haqida oldindan fikr bildiradilar. Realist – liderlikka va boshqaruvga intiladigan shaxs. Bunday odam rahbarlik qobiliyatiga ega. Agar rahbarlik lavozimidagi o‘rin bo‘shashi kutilayotgan bo‘lsa ular ishlaydilar, aks holda bo‘shab ketadilar.
Ushbu mavzuda yoritilgan fikrlar tashkilotdagi xodimlar va rahbarlarga xos individual-psixologik xislatlarni asosli tarzda tushunish imkonini yaratadi, har bir xodimga mos vazifani taqsimlash bilan birga tashkilot faoliyatini xodimlar xususiyatiga mos tarzda muvofiqlashtirish borasida ma’lumot beradi.


10-Mavzu: Rahbar qobiliyatining psixologik tavsifi
Reja:
1.Rahbar shaxsiga zarur bo‘lgan xislatlar:tashkilotchilik,tinimsiz mehnat, talant, temperament.
2.Muloqotda idrok jarayoni.
3.Faoliyat uslubiga ko‘ra: avtoritar, demokratik,liberal, pedantik, aralash.
4.Faoliyat xususiyatiga ko‘ra: universal, biryoqlama.
Mavzuning qisqacha bayoni:YOsh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi ko‘pincha past bo‘ladi. YOshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zguruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Afsuski, bunday tashkilotda katta yoshdagi (40-45 dan yuqori) xodimlarga, hatto, shubha bilan qarashadi. Lekin, aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida o‘z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o‘zida ishtiyoq sezadi. SHu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi. Biografik jihatlar qatoriga shaxsning ijtimoiy-iktisodiy mavqei va uning ma’lumoti darajasini kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mavqe va ma’lumot ham muhim omil sanaladi. Biznes boshqaruvi sohasidagi olim R. Stogdill muallifligidagi «Boshqaruv qo‘llanmasida» ta’kidlanishicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei o‘rtasidagi bog‘liqlik 94% ga teng hamda ma’lumoti o‘rtasidagi bog‘liqlik esa, 88% ga tengdir. YAponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma’lumotiga ko‘ra, oddiy yapon menejeri, albatta, muxandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar bo‘yicha universitet diplomiga ega bo‘lishi shart. Ko‘p hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga ega bo‘lsa, bir qator etakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning biografik tahlili ularning yuqori ma’lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi. Boshqaruv muloqoti – xodimlarni ma’lum tomonga yo‘naltirish maqsadidagi o‘zaro ma’lumot almashinuvi jarayonidir
Boshqaruv muloqoti quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berish;
2. Vazifa, topshiriq qanday ado etilganligi haqida «qayta aloqa», ya’ni hisobotni qabul qilish;
3. Itoatdagi xodimlarga vazifa qanday bajarilganligi haqida baho berish.
Muloqotni mohirona olib boruvchi rahbarda o‘z vazifalarini samarali tarzda tashkil etish imkoniyati oshadi. Xodimlarga ta’sir etish, ularga g‘ayrat bag‘ishlash, tashkilot maqsadi sari etaklash kabi tashkiliy vazifalar ham malakali muloqot orqali ta’minlanadi.
Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot sohasidagi faolligi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo‘nalganligi, anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonnning muloqot jarayonini qanchalik mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir. Rahbar muloqot jarayonining ichki qonunlarini bilishi juda muhimdir. Muloqot jarayonini boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari iborasi orqali ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni o‘zlashtirish va vaziyatga oid ravishda qo‘llash muloqotning erkinligini ta’minlaydi. Muloqotning ichki qonunlariga oid quyidagi fikrlar ish yuzasidan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar doirasini yanada kengaytirish va o‘zgalarga samarali ta’sir etish imkonini yaratadi. SHu munosabat bilan, muloqot jarayonini boshqarish imkonini beruvchi shartlardan biri uni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir.
Rahbar boshqaruvi jarayonida muloqot tadbirini tashkil etar ekan bu jarayonni rahbarlik muloqoti deb atash mumkin. To‘la-to‘kis va me’yorida tashkil etilgan rahbarlik muloqoti quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:6

  1. Aloqa/kontakt o‘rnatish.

  2. Masalani muhokama qilish.

  3. Echim variantlarini izlash.

  4. Qaror qabul qilish.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə