Demografiy a



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Demografiy a

GLOSSARIY. 
1.
 
Aholi – ma‘lum hududda (Er shari, uning qismlari) yashayotgan kishilar guruhi. 
2.
 
Aholining lingvistik tasniflash - aholining til hususiyatlariga ko‘ra tasniflash. 
3.
 
Aholi manzilgohi - ma‘lum bir shaklga ega bo‘lgan aholining hududiy joylashishi.
4.
 
Antropogeografiya - odamlarning paydo bo‘lishi va geografiyasini (tarqalishi) 
o‘rganuvchi fan. 
5.
 
Aholining tug‘ilish ko‘rsatkichi - yil davomida har 1000 kishiga nisbatan tirik tug‘ilgan 
aholi soni. 
6.
 
Assimlyatsiya- ayrim xalqlarning etnik birliklari yaqin, ba‘zan uzoq bo‘lgan halqlar 
bilan aralashib (qorishib) ularning etnik belgilarini o‘zlarida mujassamlashtirib, o‘zlarinikini 
esa yo‘qolib ketishi. 
7.
 
Aholining tabiiy o‘sishi - o‘lim ko‘rsatkichiga nisbatan tug‘ilishning yuqori bo‘lishi. 
8.
 
Aqliy talofat - yuqori malakali hodimlarning xalqaro migratsiyasi. 
9.
 
Aholining tabiiy ko‘payishini brutto koeffitsienti – ayollar o‘z umrida ko‘rgan (tuqqan) 
barcha qiz farzandlar umumiy sonining barcha ayollarga bo‘lgan o‘rtacha nisbati ko‘rsatkichi. 
10.
 
Aholi tabiiy ko‘payishining netto koeffitsienti –tug‘ilgan qiz bolalarning salomat 
(o‘lmay) qolgan sonini barcha ayollarga nisbati ko‘rsatkichi. 
11.
 
Aglomeratsiya – lotincha ―aglomerare‖ – birikish, qo‘shilish so‘zidan olingan bo‘lib, 
aholi punktlari, asosan shaxarlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xo‘jalik, mehnat va 
madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bog‘lanib, yagona birlikni tashkil qilgan 
kompakt (gavjum) xududiy guruxi. Agromeratsiya aholining gurux bo‘lib joylashishining eng 
rivojlangan shakli xisoblanadi. Aholi punktlari aglomeratsiyasi aholi zich joylashgan Farg‘ona 
vodiysida keng rivojlangan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə