Dullo quronov galaktikada bir


QAROQCHINING SOʻNGGI CHORASI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
QAROQCHINING SOʻNGGI CHORASI
Ertasi kuni ertalabdan yaxshilab dam olgan fazogirlar 
kemalarni safarga hozirlay boshlashdi. Bu orada Ahmad 
donishmand Koʻrsichqon bilan uzoq-uzoq suhbatlar qurdi. 
Koʻrsichqon ham bu noyob bolakayga oʻzgacha mehr 
qoʻydi. Ahmad sabab yerliklarni yanada koʻproq hurmat 


148
qila boshlaganini aytdi. Keyin Koʻrsichqon yerlik doʻstini 
kutubxonadagi “Yer sayyorasi boʻlimi”ga olib bordi. 
Uni Yerdan olib kelingan nodir kitoblar bilan tanishtirdi. 
Ahmad balandligi 100 metr keladigan kitob javonlarining 
peshtaxtasidagi yozuvlarni bir-bir oʻqib kelarkan, koʻzi 
“Ulugʻbek xazinasi” deb nomlangan javonga tushib 
qoldi. Ha, bu oʻsha, Mirzo Ulugʻbek vafotidan oldin 
shogirdi Ali Qushchi koʻmagida yashirishga muvaffaq 
boʻlgan, ammo shu kunga qadar topilmagan xazina edi. 
Bu javonda Qadimgi Misr, Bobil, Xitoy, Yunoniston, 
Arabiston va Movarounnahr olimlarining eng sara asarlari 
jam boʻlgandi. Bularni koʻrgan kitobsevar qahramonimiz 
juda sevinib ketdi. Albatta, mazkur xazinani Yerdan olib 
ketishgani uchun oʻzga sayyoraliklardan oʻpkaladi va 
Koʻrsichqonga yuzlandi.
– Axir, bu kitoblar Yerning mulki
-
ku! – dedi jahli 
chiqqanini yashira olmay.
– Toʻgʻri, ammo ularni biz olib ketmasak ham, odamlar 
baribir topa olishmasdi. Kitoblar esa yer ostida chirib 
ketgan boʻlardi.
‒ Kitoblarni saqlab qolganingiz uchun rahmat! – biroz 
hovuridan tushdi Ahmad. – Ammo endi “xazina”ni oʻzim 
bilan olib ketaman.
‒ Kechirasan-u, lekin buning sira imkoni yoʻq. 
Kutubxonadagi har bir kitob Galaktika mulki hisoblanadi. 
Hatto men ham birortasini oʻzim uchun ololmayman.
‒ Nima, galaktikada adolat degan tushuncha yoʻqmi?!
– Bor, albatta! Agar daʼvoying boʻlsa, Galaktika Oliy 
Sudiga murojaat qil. Faqat, aytib qoʻyay, Sud arizangni 
koʻrib chiqib, xulosa chiqargunicha bir yildan bir asrgacha 
vaqt oʻtib ketishi mumkin...
– Eh-he, bunaqa nayranglar boshqa joylarda ham bor 
ekan
-
da, – yana tumtayib oldi bola.


149
– Ahmad, sen meni maʼzur tut. Men shunchaki bu 
joyning oddiy xodimiman, xolos. Bu masalada senga 
yordam berolmayman...
Endi Ahmad boshqa chorasi yoʻq ekanini tushunib yetdi. 
U doʻstlaridan uni yana ikki soat kutib turishlarini iltimos 
qildi. Oʻzidagi noyob fotografik xotiradan foydalanib 
“Ulugʻbek xazinasi”dagi oʻnta eng nodir kitob matnini 
yodlab oldi. Shundan keyin juda charchab qolgan Ahmad 
Koʻrsichqon hamrohligida kemaga qarab yoʻl oldi.
Bu vaqtda ekipajning boshqa aʼzolari birin-ketin 
kemalarga mina boshlagandi. Jajji doʻstiga oʻrganib qolgan 
Koʻrsichqon uni kema yonigacha kuzatib qoʻydi. Mikslar 
ham, Margol va Moki ham kemaga chiqib ketishdi, ammo 
Ahmad hali ham Koʻrsichqon bilan kemaning yonginasida 
nimalarnidir gaplashib turardi. Axiyri ularning suhbati 
poyoniga yetdi, shekilli, Ahmad qariyaning qoʻllarini siqib 
qoʻyib kema tomonga burildi. U endigina kema eshigiga qoʻl 
choʻzgandi, kutilmaganda bir maxluq oʻqday uchib keldi. 
Maxluq Ahmadni xuddi burgut oʻz oʻljasini changallab olib 
ketganday bir hamlada yerdan uzib oldi
-
da, koʻzdan gʻoyib 
boʻldi.
Bu maxluq Obmaning ishongan sarkardasi Rago edi. U 
Koinot jangi vaqtida qochib qutula olgan va jangdan omon 
qolgan boshqa qaroqchilar bilan yangi toʻda tashkil qilgan 
edi. Xoʻjayini Obma uchun qasos olishga qasam ichgan 
Rago “Koʻkkezar”ni anchadan buyon taʼqib qilib yurgandi. 
Mana, bugun ertalab u salmirliklarning tezkor kemasida 
Koinot kutubxonasigacha yetib keldi. Bu safar Rago faqat 
Ahmadni moʻljaliga oldi. Chunki u Ahmadsiz qolgan 
fazogirlar hech narsa qila olmasligini allaqachon anglab 
yetgandi.
Rago uchar mototsikliga oʻtirib qahramonlarimizni 
uzoq vaqt kuzatib turdi. Uning baxtiga, hamma fazogirlar 


150
kemalarga minib olganida ham Ahmad tashqarida sichqonga 
oʻxshaydigan kattakon maxluq bilan suhbatlashib qoldi. Bu 
esa Rago uchun eng qulay vaziyat edi. U yashin tezligida 
uchib kelib epchillik bilan Ahmadni dast koʻtarganicha 
qaroqchilar qoʻnalgʻasi tomon ketdi.
Koʻp oʻtmay Ahmad oʻzining oʻgʻirlanganini fahmlay 
boshladi. Ammo uning boshiga qop kiydirib qoʻyishgani 
uchun qayerdaligini ham, uni kimlar oʻgʻirlaganini ham 
bilolmadi. Lekin tez orada uning boshidagi qopni olishdi. 
Shunda u oʻzini bir toʻda qaroqchilar qarshisida koʻrdi.
– Buni qaranglar, odam deganlari hali ogʻzidan suti 
ketmagan goʻdak ekan
-
ku, – masxara qila boshladi Rago. 
Endi unga qoʻshilib toʻdadagi boshqa qaroqchilar ham 
qah-qah otib kula boshlashdi. Chindan ham ular Ahmadni 
haybatli va qoʻrqinchli maxluq sifatida tasavvur qilishgan 
edi. Chunki butun boshli galaktikani zir titratgan 
qaroqchilarning mahv etilishida Ahmadning hissasi katta 
edi
-
da.
– Biz odamlarda bir maqol bor, – Ahmad shunday 
deb gap boshlashi bilan bir-birini tutib, yelkalarini qoqib 
kulayotgan qaroqchilar jim boʻlib qolishdi. – Aql yoshda 
emas, boshda... Ha, yana bir maqol – Bilagi zoʻr birni 
yiqar, bilimi zoʻr ‒ mingni. Xullas, biz, yerliklar, odamning 
yoshiga yoki kuchiga emas, balki aql-farosatiga qarab baho 
berishga harakat qilamiz.
– Boʻldi-boʻldi, bunaqa mahmadonaliging bizga 
oʻtmaydi, – gapda yengilib qolgani uchun qoʻpollik qilishga 
oʻtdi Rago. – Xoʻsh, mana shu aqling bilan hozir mening 
tutqunim boʻlib oʻtiribsan
-
ku!
– Toʻgʻri, lekin bu ham men uchun bir sinov boʻlishi 
mumkin!
– Unda oʻta ogʻir sinovga tayyor tur. Men seni 
suvsiz, ovqatsiz zindonband qilmoqchiman! Qachonki 


151
hamtovoqlaring mening shartlarimni bajarishsa, ozod 
boʻlishing mumkin. – Rago shunday deb qaroqchilarning 
biriga ishora qildi. Qaroqchi esa Ahmadni qoʻltigʻidan 
mahkam ushlab tortqilagancha temir qafasga olib borib 
qamab qoʻydi.
Qaroqchilar Koinot kutubxonasi sayyorasining ovloq 
joyi – chiqindixonadan qoʻnim topishgan boʻlib, bu joyda 
chirib, yaroqsiz holga kelib qolgan kitoblar saqlanar edi. 
Uyum-uyum boʻlib yotgan millionlab kitoblarga qurt tushib 
ketgan. Juda zax boʻlgani uchun hasharotga oʻxshaydigan 
jonzodlar urchigan joy edi bu. Ahmad tez orada sovqota 
boshladi. Xayoliga kelgan birinchi narsa qochish haqidagi 
fikr emas, balki “Har holda, bu kitoblardan nusxa koʻchirib 
olingan boʻlsa kerak?” degan oʻy boʻldi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə