Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
MOVIY TOSH
***
Koinotda chindan ham sof olmosdan iborat boʻlgan 
ekzosayyoralar mavjud. Fan tilida ular “Uglerodli 
sayyoralar” nomi bilan mashhur. Chunki bu sayyoralarning 
asosiy qismi uglerod moddasidan tashkil topgan. 
Sayyoraning tortishish kuchi uglerodni shu qadar kuchli 
siqqanki, natijada bu modda olmosga aylanib qolgan. 
Qarangki, bu sayyoralardagi togʻ-u toshlar ham olmosdan 
boʻlar ekan!
Mokining aytishicha, Olmos sayyorada N
2
G gʻij-gʻij 
emish. Uni qadimgi marslik olimlar uzoq yillik tadqiqotlar 
natijasida aniqlashgan. Buning uchun ular Olmos sayyorani 
teleskop orqali kuzatib, undan taralayotgan nurlarni tahlil 
qilishgan. Bu jarayonlarda Mokining oʻzi ham ishtirok etgan 
ekan.
Fazogirlarimiz ham vaqtni boy bermay toʻgʻri 
Olmos sayyora tomon borishdi. Ular sayyora sathiga 
qoʻnib, kemadan tashqariga chiqishganida Ahmad oʻzini 
ertaklardagi billur shaharga tushib qolgandek his qildi. 
Chunki bu sayyorada hamma narsa: togʻlar, toshlar, hatto 
tuproq ham olmosdan edi-da!
Margol esa hech narsaga qaramay burgʻilovchi 
qurilmasini ishga tushirib N
2
G ni qidirishni boshlab 
yubordi. Ahmad ham unga koʻmaklashdi. Koʻp oʻtmay 
qurilma bir joydan moviy tosh borligini aniqladi. Bu 
vaqtdagi Margolning quvonchini soʻz bilan taʼriflash 
mushkul. Uning koʻzlaridan oqayotgan duv-duv quvonch 
yoshlari hammasi haqida soʻzlayotgandek edi goʻyo!
Margol maxsus uskuna bilan ko‘rsatilgan joyni qazib, 
besh dona, hajmi yong‘oqdek keladigan kristall topdi. U 


157
toshlarning uchtasini o‘zi uchun olib, qolgan ikkitasini 
Ahmadga uzatarkan dedi: “Bu senga. Qachonlardir, Yer 
sayyorasining yadrosi ham so‘nishi mumkin. O‘shanda 
odamlar Moviy toshni qidirib, galaktikani kezib 
chiqmaydilar”. Margolning gaplarida jon bor edi. Shu 
sababli Ahmad toshlarni olib choʻntagiga solib qo‘ydi.
Shuncha uzoq va mashaqqatli yoʻlni bosib kelishlariga 
qaramay, qahramonlarimiz Olmos sayyorada atigi toʻrt soat 
boʻlib, soʻng toʻgʻri Sirius yulduzi tomon uchib ketishdi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə