Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
UYGA QAYTISH
Uy Ahmad uchun juda-juda olisda. U qancha vaqt 
galaktikada adashib yurdi, qancha vaqtni uyquda oʻtkazib 
yubordi – buning aniq hisobini hech kim bilmaydi... Har 
qalay, bu Yer hisobi boʻyicha bir necha yuz yillarga teng 
muddat ekani aniq!..
Ahmad va Moki safar oldidan xaritani yana bir bor 
yoqib, Yerga olib boruvchi yoʻlni oʻrganib chiqishgandi. 
Shundan soʻng Moki bu yoʻlni oʻz xotirasiga muhrlab 
olgan. Hozir u xotirasidagi Yer koordinatalarini kema 
kompyuteriga yukladi. Margol esa bu paytda vaqt tuynugini 
ochib beruvchi uskunalarni ishga tushirdi. Bu uskunalar 
atom zarrasidan ham kichik boʻlgan oʻta mayda tuynuklarni 
kattalashtirib, oʻtgan zamonga qaytish imkonini beradi. 
Rejaga koʻra “Koʻkkezar” Quyosh tizimiga kirib kelganida 
Margol shu uskunalarni yoqib Ahmadni vaqt tuynugidan 
oʻtkazib yuborishi kerak.
Kema gravitatsiya toʻlqiniga kirib olganida Margol jajji 
doʻstiga yuzlanib dedi:
– Qadrdonim, tez orada sen uyingda boʻlasan. Ammo biz 
hozir xayrlashib olishimiz kerak. Chunki vaqt tuynugiga 
yaqinlashib qolganda bunga imkon boʻlmaydi.
– Ha, toʻgʻri! Margol, siz bilan tanishib, galaktika 
boʻylab xatarli sayohatga chiqqanimdan afsusda emasman. 
Aksincha, salmirliklarni muqarrar halokatdan qutqarishga 
hissa qoʻshganimdan baxtiyorman! Yana siz, Moki, 
Dordon, Koʻrsichqon kabi doʻstlar orttirganim uchun ham 
xursandman.
– Men ham hammasi uchun sen va yerliklardan 
minnatdorman! Endi boshqa koʻrisha olmasak
-
da, biz, 
salmirliklar, seni hech qachon unutmaymiz.
– Men ham seni sogʻinaman – dedi Moki ham temir 
qoʻllarini Ahmadning yuziga choʻzib...


162
Ular shu alpozda yana biroz suhbat qurishdi. Margol 
“Koʻkkezar”ni avaylab-asrashini, Mokini esa oʻzi bilan 
Salmirga olib ketishini aytdi. Bu vaqtda uyqu eliksirini 
ichgan Ahmadning koʻz oldi xiralashib, asta-sekin uyquga 
keta boshlagandi...
* * *
– Ahmad, tura qol, oʻgʻlim.
Oyisining ovozini eshitgan Ahmad sapchib oʻrnidan 
turdi.
– Oyi, oyijon, nahotki, bu sizsiz?! – oyisining boʻyniga 
osilib mahkam quchoqlab oldi Ahmad.
– Senga nima boʻldi, oʻgʻlim, yomon tush koʻrdingmi 
deyman.
“Tush” soʻzini eshitgan Ahmad bir muddat oʻylanib 
qoldi. “Eh, yaxshiyam, tushim ekan! Voy-boʻoʻ, tushimda 
qayerlarga borib kelmadim-a”. Yuzida tabassum bilan 
hammasini eslay boshladi u.
– Shu xayolparastliging tushlaringda ham davom etadi-
ya, oʻgʻlim, – kulib oʻgʻlining yuzidan oʻpib qoʻydi oyisi. 
– Aytgancha, oʻgʻlim, bugun qanday kun ekani esingdami?
Ahmad shu zahoti devorga osilgan taqvimga qaradi. 
Taqvim 2036-yilning 25-iyun sanasini koʻrsatardi.
– “Ixtirochilar tanlovi” boʻladigan kun emasmi? – soʻradi 
Ahmad oʻziga ishonmay.
– Bu nima deganing, albatta, oʻsha kun. Tez yuz-
qoʻlingni yuvib, oshxonaga chiq, dadang ham kutyapti
lar

Nonushtadan soʻng shaharga ketamiz.
Oyisi shunday deb xonani tark etdi. Ahmad esa yana 
biroz boshini qashigancha oʻylanib oʻtirdi. Soʻng: «Eh, 
tush boʻlsa tushdir
-
da», ‒ deb karavotidan tushdi. Shu 
payt choʻntagida qandaydir ogʻir narsa borligini payqadi. 
Qoʻllarini choʻntagiga solib oʻsha ogʻir narsalarni chiqardi. 


163
Bu oʻsha Olmos sayyorasida choʻntagiga solib qoʻygan 
ikkita yongʻoqdek keladigan Moviy toshlar edi. “Demak, 
bu tush emas! Margol meni u bilan ilk tanishgan kunimizga 
qaytarib olib kelgan, xolos”, ‒ oʻyladi Ahmad.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə