Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
SALMIR SAYYORASI
***
Sirius yerdan qaraganda samodagi eng yorqin 
yulduzlardan biri hisoblanadi. Yorqinlikda undan Quyosh, 
Oy, Venera, Mars va Yupiter kabi osmon jismlari oʻta 
oladi, xolos. Yer sharining deyarli barcha joylaridan 
koʻrinadigan bu yulduzning nomi ham koʻp. Masalan, 
bobolarimiz uni Sheʼro deb atashgan. Sheʼro yulduzi 
haqida muqaddas Qurʼoni karimda ham eslatiladi.
Sirius Quyoshga eng yaqin yulduzlardan biri sanaladi. 
U bizdan 8,6 yorugʻlik yili masofasida joylashgan. Demak, 
yorugʻlik tezligida uchilsa, Siriusga 8-9 yilda yetib borish 
mumkin boʻladi. 
Kuzda Sirius yulduzini tong payti, qish va bahorda esa 
kechasi koʻrish mumkin. Ammo yozda uni osmondan topib 
olish ancha qiyin. Sababi, Quyosh nurlari bu yulduzni 
toʻsib qoʻyadi.
Sirius Quyoshdan 22-marta katta. Ammo koinotda 
Quyoshdan ming marta katta yulduzlar ham borligini 


158
hisobga olsak, aslida, Sirius ham “jajji” yulduz ekani 
maʼlum boʻladi.
Olimlarning aniqlashicha, qadimda bu yulduz qizgʻish 
rangda koʻringan boʻlishi mumkin. Chunki baʼzi tarixiy 
olimlar Sheʼroning qizgʻish tusdagi yulduz ekanini yozib 
qoldirishgan. Ammo hozirda u och moviy rangda. Yillar 
oʻtishi bilan Sirius yanada yorqinroq charaqlay boshlaydi. 
Chunki u soniyasiga 7 km tezlik bilan Quyosh tizimiga, 
yaʼni bizga yaqinlashib kelmoqda.
“Koʻkkezar” Salmir sayyorasiga yaqinlashib qolganida 
Margol bir narsani eslab qoldi. U Ahmadga yuzlanib soʻzlay 
boshladi:
– Ahmad, sen galaktikadagi safarimiz davomida 
shunchalar koʻp oʻzga sayyoraliklarni, “dahshatli” 
maxluqlarni koʻrdingki, endi ulardan qoʻrqishingga 
ishonmay qoldim.
– Toʻgʻri aytasiz, hecham qoʻrqmayman. Lekin buni 
nega aytyapsiz? – ajablanib soʻradi Ahmad.
– Meni tushunmading, chogʻi. Qara, men hali ham 
yerliklar qiyofasidaman
-
ku!
Bu gapdan soʻng Ahmad rosa qotib kuldi. Chunki u 
haligacha oʻzga sayyoralik eng yaqin doʻstining haqiqiy 
yuzini koʻrganicha yoʻq edi
-
da.
– Margol, sizdan iltimos, niqobingizni yeching. Siz bilan 
boshqatdan tanishishimiz kerak! – yana kuldi Ahmad.
Shundan soʻng Margol boshining orqa tomoniga ikki 
qoʻlini choʻzib, sekin-asta niqobini yecha boshladi. Avvaliga 
uning katta kal boshi, keng peshonasi, keyin piyolaning 
ogʻzidek keladigan tim qora koʻzlari, jajji burni va ogʻzi 
koʻrindi. Margol Ahmad tasavvur qilganiday semiz emas, 
balki baliq qiltanogʻiday ingichka edi. Unga bir muddat 
oʻychan qarab qolgan Ahmad kutilmaganda yana qah-qah 
otib kulib yubordi.


159
– Nega kulasan?
– Yoʻq, siz xafa boʻlmang, shunchaki, shu holingiz 
bilan za
h
ira kapsulasini Mirzachoʻldan koʻtarib olib 
kelganingizga ishongim kelmay qoldi, – dedi Ahmad oʻzini 
kulgidan toʻxtata olmay.
Bolaning bu begʻubor kulgisi Margolga ham koʻchib 
oʻtdi. Bir muddat ikkovlashib kulishdi. Ular shu tarzda 
qaytadan tanishib olishdi. Bu orada Moki kemani Salmir 
sathiga qoʻndirib ham boʻldi.
Qahramonlarimizni kutib olish uchun butun Salmir xalqi 
koʻchalarga chiqib kelgan, “Koʻkkezar”ning sayyoraga 
qoʻnish jarayoni esa millionlab joyga oʻrnatilgan ulkan 
monitorlarda “jonli efir”da koʻrsatilayotgan edi. Sayyora 
aholisi uzoq yillik tashnalikdan, kislorod yetishmasligi 
va turli kasalliklardan sillasi qurigan, bemajol boʻlib 
qolgandi. Fazogirlar kema eshigini ochib tashqariga 
chiqishganida ularni Salmir prezidenti va oldinroq 
sayyoraga qaytib kelgan Gedar Vu qarshi oldi. Margol 
ham xalqini koʻp ilhaq qilmay, choʻntagidagi Moviy 
toshni olib yuqoriga koʻtardi. Shu lahzada butun sayyora 
qichqiriq – shod-u xurram ovozlardan larzaga keldi. 
Margol toshni prezidentga topshirdi. Prezident esa 
Margolni bagʻriga bosib xalq nomidan minnatdorlik 
izhor qildi. Soʻng olimlarga N
2
G ni zudlik bilan sayyora 
yadrosiga tashlashni buyurdi.
Uzoq yillik ilmiy tekshirishlar jarayonida salmirlik 
olimlar sayyora yadrosigacha tunnel qazib borishgandi. 
Yadro deyarli soʻnib boʻlgani uchun bu tunnelda bemalol 
harakatlanish ham mumkin. Ular yadroga Moviy toshni 
tashlashganidan soʻng bu tunnyel maxsus beton bilan bir 
zumda koʻmib 
yuboril
di. Chunki yadro jonlangach qaynoq 
lava shu tunnyeldan favvora kabi otilib chiqishi hech gap 
emas edi.


160
Bir soat oʻtar-oʻtmas sayyorada kuchli yer silkinishi yuz 
berdi. Bu sayyora yadrosining qayta jonlanganidan darak 
beruvchi omil edi. Goʻyo sayyora uzoq uyquga ketgan-u 
uni kimdir turtib uygʻotib yuborganday boʻldi. Tez orada 
uning tabiati ham jonlana boshlaydi, qurigan oʻrmonlar 
oʻrnida yangi nihollar unib chiqadi. Atrofni yashillik 
qoplab, atmosfera kislorod bilan toʻyinadi. Toza havodan 
toʻyib-toʻyib nafas olgan sa
l
mirliklarning tanasidan dard-u 
anduh ariydi.
Ahmad Salmir sayyorasida yana bir kun boʻldi. U 
Margolning oilasi bilan tanishdi. Oʻzining hali yosh bola 
ekani yodiga tushib Margolning farzandlari bilan mazza qilib 
oʻynadi. Ularga qoʻshilib hatto Moki ham asli robot ekanini 
unutib qoʻydi. Ertasi kuni koʻrsatgan buyuk xizmatlari 
uchun prezident Ahmad, Margol va Dordonni sayyoraning 
eng oliy mukofoti – “Salmir iftixori” ordeni bilan taqdirladi. 
Ularning sharafiga juda katta tantana tashkil etildi. Shundan 
soʻng mehmonlar ketishga hozirlik koʻrishdi. “Koʻkkezar” 
sirti vaqt tuynugini hosil qiluvchi uskuna bilan jihozlandi. 
Margol, Ahmad va Moki “Koʻkkezar”ga, miksliklar esa 
oʻz kemalariga minishar ekan, ular shu joyda xayrlashishdi. 
Ahmad xaritaning uch boʻlagini Dordonga berarkan, 
“Barmogʻim haqida hech kimga gullab qoʻymang”, ‒ deb 
hazillashdi. Dordon esa qatʼiy ohangda: “Bu sir qolgan 
xarita boʻlaklari kabi hech kimga oshkor qilinmaydi”, ‒ deb 
javob berdi.
“Koʻkkezar” samoga koʻtarildi. Endi Ahmadni 
galaktikamizning uzoq burchagida joylashgan afsonaviy 
Yer sayyorasi kutmoqda edi.


161

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə