Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə1/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Sh.M. AVAZOV


EKOLOGIYA VA ATROF- MUHIT MUHOFAZASI


Kasb-hunar kollejlari uchun darslik

3-nashr


Toshkent - «ILM ZIYO» - 2014


UO‘K: 629.331. (075) KBK 41ya722 A69




Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tu- shunchalar berilgan. O‘quv adabiyoti nazariy va amaliy qismdan iborat bo‘lib, unda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning asosiy masalalari va muammolari qarab chiqilgan. Xususan, organizmlar, ularning muhit bilan o‘zaro ta’siri, populatsiyalar, biotsenozlar, ekologik tizimlar, biosfera va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi, biosferaga antropogen ta’sirlar, atrof- muhit muhofazasi va tabiatdan to‘g‘ri foydalanishning asosiy tamoyillari, agro- ekologiya asoslari, yerdan foydalanish va atrof-muhit himoyasi, ekologiya huquqi asoslari kabi masalalar tavsifi bayon etilgan.

Shuningdek, darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va o‘quvchi-talabalariga ham tavsiya eti- ladi. U tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun ham zarur.


Taqrizchilar: S.S. FAYZULLAYEV — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Biologiya va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi professori, biologiya fanlari nomzodi;

Q.B. BOBOJONOVA — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi «Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va ta’lim yo‘nalishlarini bir xillashtirish boshqarmasi» bosh mutaxassisi.


ISBN 978-9943-16-149-8


© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2003-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2014-y.

SO‘ZBOSHI




Keyingi yarim asr mobaynida jahonda ro‘y bergan ekologik xavfli jarayonlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Xususan, Orol va Orolbo‘yi hududi ekologik tanazzulga yuz tutmoqda, yerlarning cheklanganligi, sho‘rlanganligi va sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq xavflar oshmoqda, shamol va suv ta’sirida yemirilish tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, atmosfera havosi va chuchuk suv zaxiralari taqchilligi va bunday sharoitda uning ifloslanishi ro‘y bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2014- yil 28—29-oktabrda Urganch shahrida «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlan- tirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Orol fojiasi chuqur tahlil etilganligi va uning mintaqa aholisi va tabiatiga salbiy ta’sirlarini kamaytirish, bioxilma-xillikni saqlash, mintaqada cho‘llanishga qarshi kurashish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, hayvonot va o‘simlik olamini asrab-avaylash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlanib, Orol inqirozining atrof-muhit va bu yerda yashayotgan millionlab aholi hayotiga halokatli ta’sirini, xususan, puxta o‘ylangan, aniq manzilli va moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlangan loyihalarni amalga oshirish orqali kamaytirish bugungi kunning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.

«Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» darsligining zaruriyati shundaki, XXI asrda atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanish masalalarining yechimi ommaviy ekologik savodxonlikni, barcha fanlarni, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi fanlarni ham ekologiyalashtirishni taqozo qilmoqda.


3



Kirish. EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASINING MUXTASAR TAVSIFI


Ekologiya (yunon. oikos — yashash mu-
hiti, turar joyi; logos — ta’limot) — tirik mav-
judotlarning yashash shart-sharoitlari va orga-
nizmlar bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro muno-

sabatlarni o‘rganadigan fan. Azaldan ekologiya biologiya fanining


tarkibiy qismi sifatida kimyo, fizika, geologiya, geografiya, tup-
roqshunoslik kabi boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq-
likda rivojlanib kelgan.

Ekologiyaning mavzu bahsi (predmeti) organizmlar bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar majmuyi yoki tuzilishi hisoblanadi. Ekologiyaning asosiy o‘rganish obyekti — ekologik tizimlar (ekotizimlar), ya’ni tirik organizmlar bilan ularning yashash muhitidan tashkil topgan tabiiy majmualardir. Bundan tashqari, uning sohasiga organizmlarning ayrim turlari (organizm darajasi), ularning populatsiyasi, ya’ni bir turga mansub zot yoki navlar majmuyi (populatsiya-tur darajasi) va biosferani bir butun (biosfera darajasi) o‘rganish ham kiradi.

Ekologiya biologiya fanining asosiy, an’anaviy qismi sifatida istalgan tirik organizm (odam) bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro mu- nosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan umumiy ekologiya hisoblanadi. Umumiy ekologiya tarkibida quyidagi asosiy bo‘limlar ajratib ko‘rsatiladi:


  • autekologiya — ayrim organizm (tur)ning atrofdagi muhit bilan o‘ziga xos aloqalarini o‘rganadi;

  • populatsiya ekologiyasi — ayrim turlar populatsiyasining tuzilishi va o‘zgarish sur’atini o‘rganadi;


4



  • sinekologiya — populatsiyalar, har xil turlarni o‘z ichiga olgan uyushmalar (fitotsenoz, zootsenoz) va ekotizimlarning muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi.

Tirik mavjudotlarning atrof-muhitda saqlanib qolishi va ularning biologik xususiyatlari: organizmlar va uyushmalarning atrof-muhitga moslashishi, ekotizimlar va biosferaning o‘z-o‘zidan boshqarilishi, barqarorligi kabi qonuniyatlarni o‘rganish yuqorida ta’kidlangan barcha yo‘nalishlarga xosdir. Umumiy ekologiyani yuqorida bayon etilgan tarzda tushunish, ko‘pincha, bioekologiya deb ham yuritiladi.

Vaqt omili nuqtayi nazaridan tarixiy va tadrijiy ekologiya ajralib turadi. Ekologiya, bundan tashqari, o‘rganishning aniq obyektlari va muhitlari bo‘yicha ham tasniflanadi, ya’ni hayvonlar ekologiyasi, o‘simliklar ekologiyasi va mayda organizmlar ekologiyasi farqlanadi.

Asosiy o‘rganish obyekti biosfera (umumiy ekologik tizim) bo‘lgan dunyo ekologiyasi Yer sayyorasining ekologik muammo- lari bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda «kishilik jamiyati — tabiat» tizimidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi ijtimoiy ekologiya, uning bir qismi bo‘lgan va odamning bioijtimoiy mavjudot sifatida atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi odam ekologiyasi jadal rivojlanayotir.

Ekologiyaning umumnazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • ekologik tizimlar barqarorligining umumiy nazariyasini ishlab chiqish;

  • muhitga moslashishning ekologik tuzilmasini o‘rganish;

  • populatsiyalar sonining boshqarilishini tekshirish;

  • biologik xilma-xillik va uni saqlash tuzilmasini o‘rganish;

  • biologik mahsuldorlik jarayonlarini tadqiq etish;

  • biosferaning barqarorligini saqlash maqsadida unda ke- chayotgan jarayonlarni tekshirish;

  • ekologik tizimlar holati va biosferada kechayotgan jarayon- larni modellashtirish.

Ekologiyaning amaliy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • odamning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atrof tabiiy muhitda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldindan aytib be- rish va baholash;

  • atrofdagi tabiiy muhit sifatini yaxshilash;


5





  • tabiiy resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan to‘g‘ri
    foydalanish;

  • ekologik xavfsiz barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida,
    birinchi navbatda, ekologik jihatdan birmuncha noqulay hududlarda
    muhandislik, agrotexnik, iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-
    madaniy va ma’rifiy masalalar yechimini maqbullashtirish.

Ekologiyaning rivojlanish tarixi, dastlabki
ilmiy-ekologik bilimlarning kurtaklari kishilik
jamiyatining ilk davrlariga borib taqaladi.
Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosa-

bati hamda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar


mohiyatini tushuntiruvchi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlar juda qadim
zamonlarda paydo bo‘lgan.

O‘rta Osiyo mutafakkirlari — Muhammad al-Xorazmiy (783—850), Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) asarlarida, xususan, Abu Rayhon Beruniy tadqiqotlarida odam bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik, muvozanat va munosabat masalalari, o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tabiatdagi ahamiyati bayon etilgan.

Ekologiyaning rivojlanish tarixini uch bosqichga ajratish mum- kin. Birinchi bosqichda ekologiya fan sifatida vujudga keladi (XIX asr- ning 60-yillariga qadar). Mazkur bosqichda tirik organizmlarning yashash muhiti bilan o‘zaro aloqasi haqida ma’lumotlar yig‘ilib, dastlabki ilmiy asoslangan xulosalar qilinadi. Shu davrda J.B. Lamark (1744—1829) va T. Maltus (1766—1834) insoniyatni odamning tabiatga ta’sir ko‘rsatishi tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar haqida ilk bor ogohlantirgan edi.

Ikkinchi bosqichda ekologiya mustaqil bilim sohasi sifatida rasmiylashadi (XIX asrning 60-yillaridan keyin). Mazkur bosqich ibtidosida K.F. Rule (1814—1858), N.A. Seversov (1827—1885), V.V. Dokuchayev (1846—1903) kabi rus olimlari ekologiyaning bir qancha tushunchalari va tamoyillari asoslangan ilmiy ish- larini e’lon qiladi. Amerikalik ekolog Y. Odum tuproqshunos olim V.V. Dokuchayevni ekologiyaning asoschilaridan bin, deb hisoblagani bejiz emas. XIX asrning 70-yillarida nemis olimi


6


Ekologiyaning rivojlanish tarixi





K. Myobius fanga «biotsenoz» haqidagi tushunchani, ya’ni orga-
nizmlarning muayyan tashqi muhit sharoitlarida bir-biriga mu-
vofiq kelishi, mujassam yashashi qonuniyatlarini kiritadi.

Mazkur mavzu biologiyaning mustaqil va eng muhim sohasi


ekanligini birinchi bo‘lib nemis biologi E. Gekkel (1834—1919)
tushungan va uni ekologiya deb atagan. Uning ta’rifiga ko‘ra,
ekologiya — organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi murakkab
o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi.

Ekologiya mustaqil fan sifatida XX asr boshlarida to‘la-to‘kis


shakllangan. Mazkur davrda amerikalik olim Ch. Adams ekologiya
bo‘yicha dastlabki umumlashgan ma’lumotlarni e’lon qiladi. Rus
olimi V.I. Vernadskiy (1862—1945) esa biosfera haqidagi ta’limotni
yaratadi. Amerikalik olim R. Makkenzi odam ekologiyasi masalasi
bilan shug‘ullanib, ijtimoiy ekologiyaning asoslarini ishlab chiqadi.

XX asrning ikkinchi yarmida odamning tabiatga ta’siri va at-


rof-muhit ifloslanishining keskin kuchayishi tufayli ekologiya
alohida ahamiyat kasb etib, uning uchinchi bosqichi
(XX asrning
50-yillaridan hozirga qadar) boshlanadi. Ekologiya mazkur bos-
qich ibtidosida tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishga
oid bilimlarni o‘z ichiga olgan majmuaviy fanga aylanib, tegishli
geografik, geologik, kimyoviy, fizikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy-ma-
daniy tushunchalarni ham o‘zida mujassamlaydi.

Ekologiya rivojining mazkur bosqichida A. Abulqosimov,


Z. Akramov, L. Alibekov, P. Baratov, K. Zokirov, T. Zohidov,
A. Muzaffarov, A. Muhamadiyev, M. Muxamedjanov, S. Nisho-
nov, A. Rafiqov, M. Rasulov, A. Saidov, Y. Sultonov, M. Umarov,
J. Xolmo‘minov, Y. Shodimetov, A. Ergashev, P. G‘ulomov kabi
o‘zbek olimlari tomonidan ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va
tabiatdan foydalanishning turli jihatlari chuqur tadqiq etilgan.

Qadimda ovchilar uchun ovlanadigan qush-


lar, baliqchilar uchun baliqqa mo‘l suvlar, deh-
qonlar uchun ekin ekishga yaroqli va qulay
hududlar joylashgan yerlar muhim ahamiyat
kasb etgan. Chorvachilik va dehqonchilik rivoj-
lanib borgani sari tabiat va atrof-muhit haqidagi
ma’lumotlarning ahamiyati ham ortib, odam-


Tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasining ahamiyati


7





lar muayyan joylarni baholash va tanlashga o‘rganishgan. Kishilar avvaliga to‘qay va o‘rmonlardan yer ochib, dehqonchilik qilishgan. Quyi Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon daryolari sohillarida vujudga kelgan dehqonchilik madaniyati tarixi bunga misoldir.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining uzoq davrlarida odamlar o‘zlarini tabiat bilan birgalikda his qilgan holda uni ilohiy kuchga ega maskan, deb hisoblaganlar. Odamlarning tabiatga bunday yondashuvi, birinchidan, tabiat turar joy, kiyim-kechak va oziq- ovqat manbayi ekanligi, ikkinchidan, tabiat hodisalari va ularning sodir bo‘lish sabablari to‘liq anglanmaganligi — ilohiy kuchga e’tiqod tufayli vujudga kelgan.

O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tez sur’atlar bilan o‘sishi hamda aholining ko‘payishi tufayli yer-suv resursla- ridan keng va ko‘p foydalanilgan, ayni paytda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilib, uning dastlabki tabiiy holati o‘zgara boshlagan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik) ishlab chiqarishi nati- jasida atmosfera havosi, tuproq va suv havzalarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ba’zi turlarining kamayib ketish holatlari kuzatila boshlangan.

O‘zbekiston Respublikasida milliy mustaqillik tufayli tabiat va inson, ijtimoiy ekologiya sohasidagi haqiqiy ahvol oydinlashgan: respublikada o‘ta og‘ir va noqulay ekologik vaziyatli hududlar, xususan, Orol dengizi va Orolbo‘yi ekologik tanazzuli mavjudligi jahon hamjamiyatiga ayon bo‘ldi. O‘zbekistonga sobiq sho‘ro tu- zumi davridan juda og‘ir ijtimoiy-ekologik vaziyat meros bo‘lib qolgan. O‘zbekiston tabiatidagi salbiy o‘zgarishlarning bosh sabab- chisi tabiiy jarayonlar bo‘lsa-da, ular antropogen omil — tabiiy ekologik qonuniyatlarni hisobga olmasdan noto‘g‘ri xo‘jalik yuri- tish tufayli vujudga kelgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Pan Gi Mun Orol dengizining qurishini «dunyoning eng og‘ir ekologik halokatlaridan biri» sifatida baholadi.

Ta’kidlash joizki, hech bir ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidek tabiat bilan bevosita uzviy bog‘lanmagan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yaroqli yerlarning cheklanganligi, tuproq sho‘rlanishi


8





va unumdorligining pastligi, tuproqning suv va shamol ta’sirida
yemirilishi, atmosfera havosi va suv zaxirasi taqchil bo‘lgan
sharoitda tabiiy va sun’iy ifloslanishlar kuzatilayotganligi, bu
jarayonlarda sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, maishiy
turmush, transport, mashina va mexanizmlar o‘ziga xos o‘rin tutib,
ayrim mahalliy va mintaqaviy ekologik tizimlarga, ularning tabiiy
muvozanatiga turlicha ta’sirlar ko‘rsatilmoqda.

Bugungi kunda jamiyatning tabiat bilan o‘zaro munosabati borgan


sari murakkablashib, «odam—tabiat—xo‘jalik—atrof-muhit» tizimida
ekologik xavfsizlikni ta’minlash ko‘p omilli jarayonga aylanmoqda.
Aslida, ekologik xavfsizlik eng yuksak bioijtimoiy qadriyat — odam va
tabiatdagi tirik mavjudotlar hayotining himoyalanganlik holatidir. Bu,
eng avvalo, chiqindisiz, kam chiqitli va ekologik toza texnologiyalarni
joriy etish, atrof-muhit muhofazasining ekologik asoslari va iqtisodiy
mexanizmini rivojlantirish, ekologik huquqbuzarlik yuzasidan cho-
ralar ko‘rish hamda fuqarolarda ekologik bilim va tafakkurni
shakllantirish orqali barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalasi bo‘lib,
ular umumiy ekologiya fani va atrof-muhit muhofazasi faoliyatining
eng dolzarb amaliy vazifalariga aylangan.

Dastlabki amaliy ekologik bilimlar ki-


shilarning hayotiy ehtiyojlari tufayli paydo
bo‘lib, ajdodlar tomonidan to‘plangan va
avloddan avlodlarga o‘tkazilib kelingan. Zero,
tirik mavjudotlar hayotiy faoliyati xavfsizligi
va inson salomatligi yo‘lida atrof-muhit va uning

ne’matlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish g‘oyasi tarixan shakllangan.

Biroq sayyoramizda uchinchi mingyillik inson bilan atrof- muhit, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy-ekologik muvo- zanatning inqirozga yuz tutishi, bu boradagi ziddiyatlarning chu- qurlashuvi bilan boshlandi. Ekologik muvozanatning buzilishi mahalliy, milliy-mintaqaviy miqyoslardan chiqib, umumbashariy muammoga aylandi.

Bugungi kunda odam bilan atrof-muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlarning maqsadsiz, ko‘r-ko‘rona rivojlanishi nafaqat ayrim obyektlar, hududlar, mamlakatlar, balki butun




Ekologiya, atrof- muhit va barqaror taraqqiyot soha- sidagi ma’rifatning muhimligi


9





insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bu esa, oxir-oqibat, kishilik jamiyatini ekologik halokat girdobiga olib kelishi mumkin.

Ekologik ma’rifat
ekologik ta’lim va tarbiya vositasida amalga oshiriladi va aholi (shaxs)ning ekologik bilimi, tafakkuri, ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan faoliyatdir. Ekologik ta’lim va tarbiya orqali shaxsda ekologik bilimlar, qadr-qimmatli mo‘l- jallar va xulq-atvor me’yorlari paydo bo‘lib, ekologik madaniyat asoslari shakllanadi. Ekologik madaniyatli inson nafaqat ona tabiat go‘zalliklarini ko‘ra oladi yoki unga baho beradi, balki o‘z amaliy faoliyati bilan uni yaxshilashga, barqaror taraqqiyot yo‘- lida tabiiy-ekologik muvozanatga putur yetkazmasdan atrof- muhitni qayta o‘zgartirishga harakat qiladi.

Yoki boshqacha ifodalasak, ekologik madaniyatli odam ov- qatlanish me’yorining miqdor ko‘rsatkichini tahlil etib, me’yor- dan past ovqatlanish yoki och qolish mumkinligini; o‘zi yasha- yotgan joy yoki mintaqadagi suv taqchilligi daryo yoki kanallar- ning qurib qolishiga, oqibatda dehqonchilik inqirozi yoki hosil- dorlik pasayishiga sababchi bo‘lishini; Amudaryo va Sirdaryo suvlarining xo‘jalik va aholi ehtiyojlariga noo‘rin sarflanishi bilan Orol dengizining qurishi yoki bug‘li gazlar ko‘payishi tufayli Yerning o‘rtacha harorati ko‘tarilishi bilan Arktika muzliklari erishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni; tabiiy resurslar, xususan, o‘simlik yoki hayvonot turlarining ko‘payishi, kamayishi, qayta tiklanishi yoxud yo‘qolishi sabablarini anglay oladi.

Demak, barqaror taraqqiyotni ta’minlash borasidagi vazifalar tabiatga nisbatan loqaydlikka mutlaqo chek qo‘yib, har bir fu- qarodan atrof-muhitga mas’uliyatli, ongli munosabatni talab qiladi. O‘zbekistonda Ekologik harakatning vujudga kelishi va uning faollashuvi ham shundan dalolatdir.


10



Birinchi qism. NAZARIY EKOLOGIYA


I bo‘lim. UMUMIY EKOLOGIYA


  1. bob. ORGANIZM - TIRIK YAXLIT TIZIM SIFATIDA

Gen, hujayra, a’zo, organizm, populatsiya,
uyushma (biotsenoz) — hayot tuzilmasining
asosiy darajalari hisoblanadi. Ekologiya negi-
zida tabiiy tanlanish omiliga asoslangan orga-
nik olamning evolutsiya nazariyasi yotadi. Uni

quyidagicha tasavvur qilish mumkin: yashash uchun kurash


natijasida tabiiy sharoitga (muayyan muhitga) eng yaxshi mos-
lashgan organizmlar yashab qoladi, irsiy rivojlanadi va nasl qol-
diradi. Hayotning paydo bo‘lishi va evolutsiya nazariyasi haqidagi
materialistik tasavvurlar faqat ekologiya fani nuqtayi nazaridan
izohlanishi mumkin. Shu sababli Ch. Darvin evolutsiya nazariya-
sini yaratgandan keyin ko‘p o‘tmay E. Gekkelning «ekologiya»
atamasi paydo bo‘ldi.

Organizmlarning yashashi va evolutsiyasida muhitning, ya’ni tabiiy omillarning tutgan o‘rni hech qanday shubha tug‘dirmaydi. Bu muhit abiotik (jonsiz) muhit deb atalib, uning ayrim qismlari (havo, suv va boshq.) va omillari (harorat va boshq.) abiotik (jonsiz) tarkibiy qismlar deb nomlanadi. Biotik (tirik) tarkibiy qismlar esa tirik moddalar bilan namoyon bo‘ladi. Tirik moddalar abiotik muhit, ya’ni abiotik tarkibiy qismlar bilan o‘zaro aloqadorlikda tirik tarkibiy qismlar va muhit — «yaxlit bir butun organizm»dan iborat muayyan vazifani bajaruvchi tizimlarni tashkil etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan tarkibiy qismlar biologik tizimlardagi hodisalar miqyosi va tashkiliy tamoyillar bilan farqlanuvchi bio- logik tuzilmalar darajalari ko‘rinishida 1.1-rasmda tasvirlangan. Unda tabiiy tizimlarning bir-biriga zinapoyasimon bo‘ysunib


Biologik tuzilmalar darajalari va ekologiya


11

Biotik tarkibiy qismlar




Abiotik tarkibiy qismlar


Biologik

tizimlar






1.1-rasm. Biologik tuzilmalar darajalari.


joylashishi aks etgan. Kislorod va vodorodning xossasidan kelib chiqqan holda suvning xossasini oldindan aytib bo‘lmaganidek, biologik tuzilmalarning har bir darajasi o‘ziga xos tarzda murakkab va xilma-xildir.

Ekologiya organizmlar tizimidan ekologik tizimgacha bo‘l- gan biologik tuzilmalar darajalarini o‘rganadi. Ekologiyada tirik organizm tashqi abiotik va biotik muhit bilan o‘zaro aloqador yaxlit tizim sifatida qarab chiqiladi. Bu holda har bir alohida jo- nivor yoki o‘simlik — individumlar, bir xil zot yoki navdan iborat biologik tur ko‘zga tashlanadi. Har bir jonivor yoki o‘simlik, bir odam ikkinchi odamga aynan o‘xshamaganidek, bir-biridan farq qiladi. Biroq, ularni tur doirasida ko‘payish qobiliyatini ta’min- lovchi genofond birlashtirib turadi. Har xil turga mansub zot yoki navdan nasl qolmaydi.

Har bir alohida jonivor yoki o‘simlik o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, muhit holatiga, uning omillari ta’siriga turlicha munosa- batda bo‘ladi. Masalan, bir xil nav yoki zotning muayyan qismi


12





haroratning ko‘tarilishiga chidam bermasligi va nobud bo‘lishi mumkin, biroq tur populatsiyasi muhitga birmuncha moslashgan nav yoki zotlar hisobiga yashab qoladi.

Populatsiya — muayyan hududda nasl qoldirishga layoqatli bo‘lgan bir turga mansub ayrim zot yoki navlar majmuyi. Popula- tsiyada mahalliy yashash joyi sharoitiga juda yaxshi moslashgan o‘simlik yoki hayvon turining ayrim guruhlari — ekotiplar farqlanadi.

Biotsenoz — muhit sharoiti deyarli bir xil bo‘lgan hududni egallagan har xil turdagi mikroorganizmlar, o‘simliklar va hay- vonlarning birgalikda yashaydigan populatsiyalari majmuyi. Muayyan biotsenoz egallagan makon, ya’ni ma’lum hududdagi atrof-muhit sharoitlari: havo, suv, tuproq va ularning tagidagi tog‘ jinslari majmuyi biotop deb nomlanadi. Aynan shu atrof- muhitda biotsenozni tashkil etuvchi mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar hayot kechiradi.

Biotop organizmlarning tur tarkibi va ularning yashash xu- susiyatlarini ham belgilab beradi. Biotopning tarkibiy qismlari muayyan biologik tizimlarni yaratib, o‘zaro bir-biriga faol yordam ko‘rsatadi. Muayyan hududda o‘zaro modda va energiya almashi- nuviga ega bo‘lgan va bir-biri bilan bog‘langan abiotik va biotik tarkibiy qismlar majmuyi biogeotsenoz deyiladi. Biogeotsenoz chiz- masi 1.2-rasmda ko‘rsatilgan.

Tirik organizmlarning bir-biri va ularni o‘rab turgan abiotik muhit bilan o‘zaro ta’siri muammolarini biologiyaning biogeotse- nologiya deb nomlangan ilmiy yo‘nalishi o‘rganadi.

Ayni paytda «ekologik tizim» tushunchasi ham mavjud. Ekologik tizim — organizmlar majmuyi bilan uning atrofidagi tabiiy omillar majmuyi, ya’ni keng ma’noda umumiy yashash joyi omillari jamuljamligini ifodalaydi. «Biogeotsenoz» va «ekologik tizim» tushunchalari mohiyatan ma’nodoshdir.

Barcha organizmlar ikki katta guruhga bo‘linadi.

Avtotrof organizmlar — anorganik moddalardan o‘zining hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan organik moddalarni quyosh energiyasi hisobiga suvda erigan moddalarni qabul qilish va havo- dan karbonat angidrid gazini o‘zlashtirish yo‘li bilan hosil qiluvchi


13





1.2-rasm. Biogeotsenoz chizmasi.


organizmlar bo‘lib, ularga barcha yashil o‘simliklar va ko‘k-yashil suvo‘tlari, ba’zi bakteriyalar mansubdir.

Geterotrof organizmlar
— boshqa turdagi organizmlar tomo- nidan hosil qilingan tayyor organik moddalardan foydalanib oziqlanuvchi organizmlar bo‘lib, ularga barcha hayvonlar va odam, zamburug‘lar va boshqalar mansubdir. O‘lik organik moddalar (o‘simlik va hayvon qoldiqlari, chirindilar va h.k.) bilan oziq- lanadigan organizmlar saprotroflar deb (masalan, qo‘ziqorinlar), tirik to‘qimalar hisobiga tirik organizmlarda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan organizmlar parazitlar deb (masalan, kanalar) yuritiladi.

Organizmlar oziqlanish turlari va shakllariga ko‘ra xilma- xildir. Ulardan ayrimlari organik mahsulotlar ishlab chiqaradi, boshqalari ularni iste’mol qiladi, uchinchi xillari esa mineral moddalarga aylantiradi. Shunga ko‘ra, produtsent, konsument va redutsent organizmlar farqlanadi.




14



Produtsentlar anorganik moddalardan organik moddalar ho-
sil qiluvchi avtotrof va xemotrof organizmlardir (yashil o‘sim-
liklar, chuchuk suvo‘tlari).

Konsumentlar avtotrof va xemotrof organizmlar hosil qilgan
organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlardir. Ular orasida
faqat o‘simliklar bilan ovqatlanuvchi o‘txo‘r (sigir), faqat boshqa
hayvonlarning go‘shti bilan ovqatlanuvchi etxo‘r (yirtqichlar),
shuningdek, har ikkalasi, ya’ni ham o‘t, ham et (go‘sht) bilan
ovqatlanuvchi xo‘ra (odam, ayiq) organizmlar farqlanadi.

Redutsentlar organik moddalarning qoldiqlari bilan oziqlanib,
ularni parchalab, oddiy mineral moddalarga aylantiradigan or-
ganizmlardir (bakteriyalar, zamburug‘lar). Ular tabiatda mod-
dalarning biokimyoviy aylanishini nihoyasiga yetkazadi.

Mikroorganizmlar va bakteriyalar yashash muhitiga bog‘-


liq holda aerob — kislorod hisobiga hayot kechiruvchi, anae-
rob
— kislorodsiz sharoitda yashab, rivojlanuvchi organizmlarga
bo‘linadi.

Organizm — modda va energiya almashinuvi
mavjudligi bilan tavsiflanadigan biologik tizim;
istalgan tirik mavjudot. Tirik organizmlarga ha-
rakat qilish, ta’sirlanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘-
payish, nasl qoldirish, shuningdek, yashash
muhitiga moslashish — adaptatsiya xosdir.

Organizm abiotik muhit bilan o‘zaro aloqadorlikda biologik tuzilmalarning quyi darajalarini (gen, hujayra, to‘qima, a’zolar va ularning tizimi) o‘z ichiga olgan yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi.

Barcha tirik organizmlarga moddalarning hosil bo‘lishi, ularning parchalanishi va o‘zaro almashinuvidan iborat bo‘lgan kimyoviy reaksiyalar yig‘indisi — metabolizm jarayoni xosdir. Organizm metabolizm tufayli moddalar va energiya bilan ta’min- lanadi. Bunday reaksiyalarga nafas olish yoki fotosintez misol bo‘ladi. Ma’lumki, fotosintez jarayonida quyosh energiyasidan tashqari karbonat angidrid (CO2) va suv (H2O) ishtirok etadi:




Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə