Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə134/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Ekologik areal - [ing. areal ecological] – ushbu hudud qaerda joylashgan-ligidan va tur uchun engib bo‘lmas to‘siqlar mavjudligidan qat’i nazar, qulay sharoitlar mavjudligi sababli tur yashashi mumkin bo‘lgan mintaqa.

Ekologik valentlik - [lot. valentia – kuch] – biologik turning xilma-xil ekologik sharoitlarda yashay olish qobiliyati.

Ekologik omil - [ing. ecological factor] – organizmning moslashish reak-siyasini belgilaydigan tabiiy muhit omili. Ma’lumki, organizmning mosla-shish chegaralaridan tashqarida o‘limga olib boradigan omil (o‘lim) yotadi. Ekologik omil odatda abiotik, biotik va antropogen omillarga bo‘linadi.

Ekologik ofat - [ing. disaster ecological] – halokat oqibatlari, ekologik tizimning (atrof-muhitning) eng past energetik darajadagi muvozanatli ho-lati.

Ekologik tolerantlik - [ing. ecological tolerance] – organizmning at-rof-muhitning salbiy ta’siriga bardosh bera olish qobiliyati.

Ekologik xavfsizlik - [ing. safety ecological] – tabiiy muhit va aholi salomatligiga xavf-xatar etkazilmaydigan holat. Ekologik xavfsizlik – ti-rik organizmlarning ekologik himoyalanganlik holatidir.

Ekologik halokat - [ing. ecocatastrophe] – 1) tabiiy majmualarning ti-rik organizmlar ommaviy o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan qaytarib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi; 2) xususiy kattaliklar yoki tashqi o‘zgaruvchan ko‘rsatkich-larning keskin nomuvozanatli va noturg‘un o‘zgarishi natijasida tabiatdagi barqarorlik (muvozanat) yo‘qolishi, atrof-muhitda beqaror holatning vujud-ga kelishi.

Ekologiya - [yun. oikos – uy, joy, logos – ta’limot] – E. Gekkel ta’rifiga ko‘ra, biologiyaning organizmlar va muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi bir bo‘limi. Boshqacha aytganda, ekologiya tirik organizmlarning bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi.

Ekotizim - [ing. ecosystem] – bu tushuncha A. Tensli tomonidan fanga ki-ritilgan bo‘lib, unda tirik organizmlar va noorganik omillar teng huquqli tarkibiy qismlar sifatida o‘zgaruvchan muvozanatning nisbatan barqaror ti-zimini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, ekotizim - tirik mavjudotlarning uyushmalari va ularning yashash muhitini o‘z ichiga qamrab olgan funksional tizimdir.


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə