Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Qirilib (yo‘q bo‘lib) ketish -



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə137/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Авазов Ш Экология lotin

Qirilib (yo‘q bo‘lib) ketish - [ing. extinction] – evolyusiya jarayonida yoki inson faoliyati natijasida turlar va boshqa taksonomik guruhlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga qadar kamayish jarayoni.

Qish (yoz) uyqusi - [ing. hibernation] – hayvonot olamining ayrim turlari-ga xos bo‘lgan sovuq qish yoki issiq yoz faslidagi karaxtlik davri.

Qurbon (o‘lja) - [ing. victim] – ekologiyada to‘liq yoki qisman eyish uchun tajovuzga uchragan va o‘ldirilgan o‘lja-individ (“yirtqich – qurbon (yoki o‘lja)” tizimining ishtirokchisi).

Quruqlikning aridlashishi - [lot. aridus – quruq] – hududlarning namlanish darajasi kamayishi va shu tufayli ekotizimlarning biologik mahsuldorligi pasayishiga olib keluvchi murakkab va xilma-xil jarayonlar majmui. Quruqlikning aridlashishi tabiiy (iqlimning davriy o‘zgarishi), shuningdek antropogen (er osti suvlarini nasos bilan tortib olish, eroziya, chang-to‘zonlar) sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin. Quruqlikning arid-lashishi cho‘llashishga va cho‘l hududlarida qurg‘oqchilik darajasi yanada orti-shiga olib keladi.

Quyuq tuman - [ing. smog] – 1) chang zarralari va tuman tomchilaridan ibo-rat aralashma; 2) atmosferaning aerozol pardasi, tuman, tutun va shu kabi ko‘rinishda ko‘z ilg‘aydigan har qanday ifloslanishini ifodalaydigan ter-min.

Quyun (girdob, uyurma) - [ing. waterspout] – atmosferada momaqaldiroq-li bulutlarda paydo bo‘ladigan va er yuzasi bo‘ylab tarqaladigan uyurmali qat-tiq shamol (quyun, girdob, dovul, bo‘ron). Ustun, tikka girdob shaklida bo‘lib, undagi havo oqimi soat miliga teskari yo‘nalishda 100 m/s gacha bo‘lgan tezlik-da yuqoriga spiral bo‘ylab ko‘tariladi, pastdan chang, suv va boshqa duch kelgan narsalarni tortib olib ketadi. Quyun juda katta vayronalik keltiradi.

Qo‘riqxona - [ing. wildlife reserves areas] – ma’lum bir tabiiy majmua va biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun xo‘jalik faoliyatining barcha ishlab chiqarish shakllari man qilinadigan va metodlari tabiiy jarayonlar-ning kechishini buzmaydigan ilmiy izlanishlarga yo‘l qo‘yiladigan hudud yoki akvatoriyaning bir qismi (maydoni).


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə