Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Havoni ifloslantiruvchi -



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə138/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Авазов Ш Экология lotin

Havoni ifloslantiruvchi - [ing. air pollutant] – havoda mavjud bo‘lgan va muayyan miqdori odamga, hayvonga, o‘simliklarga yoki moddiy ob’ektlarga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday modda. Bu moddalar qattiq zarracha-lar, suyuqlik tomchilari, gaz va qorishma shaklida bo‘lishi mumkin.

Hayot - [ing. life] – 1) tiriklikni o‘z ichiga olgan materiya mavjudligining faol shakli; 2) organizmda kechadigan hamda moddalarning almashinuvi hamda bo‘linishiga imkon beradigan fizik va kimyoviy jarayonlar iajmui.

Hayotiy bosqich - [ing. biotic cycle] – har bir organizmning paydo bo‘lishi-dan to o‘limiga qadar bo‘lgan davr.

Hayotiy makon - [ing. biotic space] – populyasiyadagi bir individga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha maydon. Insoniyat jamiyati uchun hayotiy makon – ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bir odamning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan hudud.

Hayotiy shakl - [ing. biotic shape] – botanikada – o‘simlikning muhit sharoitlariga moslashganligini aks ettiruvchi tashqi qiyofasi (gabitusi).

Hayotiylik - [ing. vitality] – tirik mavjudotlar va tizimlarning ularni o‘rab turgan muhitdagi o‘zgarishlarga (buzilishlarga) bardosh berish (barqa-rorlik) darajasi.

Hayvonlar (jonivorlar) - [ing. animal (animalia)] – odatda, faol hara-kat qilishga qodir bo‘lgan geterotrof organizmlar guruhi (olami). O‘simlik-lardan farqli o‘laroq, qattiq sellyulozali hujayra qobig‘iga ega emas (quyi xordali hayvonlardan tashqari). Oziqlanish turi bo‘yicha (geterotrof) zam-burug‘larga yaqin. Hayvonlar va o‘simliklar o‘rtasida keskin chegara yo‘q, bu esa ularning kelib chiqishi birligini tasdiqlaydi. Er yuzida hayvonlarning 1,5 mln. turi farqlandi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə