Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə136/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Endogen jarayonlar - [yun. endon – ichida, genes – kelib chiqish] – ichki sabablar tufayli kelib chiqadigan ichki vujudga kelish jarayonlari (mas, ra-dioaktiv izotoplarning parchalanishi, zilzila, vulqonlar otilishi va sh.k.).

Epifitlar - [yun. epi – ustida, phyton – o‘simlik] – boshqa o‘simliklarda yashaydigan (joylashadigan), ammo ularga tekinxo‘r (parazit) bo‘lmagan o‘sim-liklar (mas. aksariyat orxideyalar, moxlar).

Etologiya - [yun. ethos – xulq-atvor, logos – ta’limot] – hayvonlarning hat-ti-harakatlarini, xulq-atvorini o‘rganadigan fan.

YArus - [ing. stage] – fitotsenoz tik tuzilmasining elementi bo‘lib, fito-massaning bo‘yiga taqsimlanishi, ya’ni qatlamlarning har xilligi bilan tav-siflanadi. SHunga muvofiq, zootsenozning tik tuzilmasi vujudga keladi.

O‘rmon - [ing. forest] – bir-biriga yaqin turgan va har xil zichlikdagi da-raxtzorlarni tashkil etuvchi, bir yoki ko‘p turdagi daraxtlardan iborat bo‘lgan tabiiy hududiy majmua.

O‘simliklar xili - [ing. types of vegetation] – biologik, ekologik va tu-zilmaviy nuqtai nazardan o‘xshash bo‘lgan o‘simlik guruhlari.

O‘simliklarning gazlarga sezuvchanligi - [ing. gas sensitivity of plants] – gazsimon ifloslantiruvchi moddalar ta’siriga javoban o‘simliklar-ning g‘ayritabiiy ta’sirlanishni namoyon qilish qobiliyati. Ba’zi o‘simlik-larning yuqori darajadagi sezuvchanligidan atmosfera havosi bioindikator-lari sifatida foydalanishga imkon beradi (mas, qurbaqa o‘t, igna bargli da-raxtlar va shu kabilar).

Qat’iy barqarorlik - [ing. flexible sustainability] – ekotizimning qisqa muddat ichida o‘zini tiklab (o‘nglab) olish qobiliyati.


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə