Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə135/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Ekotizim evolyusiyasi - [ing. ecosystem evolution] – ekotizimdagi avto-xton va alloxton jarayonlarining o‘zaro ta’siri natijasida katta hududlarda sodir bo‘ladigan jadal taraqqiyot.

Ekotizimni belgilovchi kattaliklar - [ing. parameters of ecosystem condition] – ekotizimning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar, qiymatlar: biologik mahsuldorlik, aylanma harakatlar jadalligi, xilma-xillik va shu kabilar.

Ekotizimning umumiy biologik mahsuloti - [ing. biological pro-ducts of an ecosystem general] – u yoki bu ekotizim tarkibiga kiruvchi tirik or-ganizmlarning vaqt birligida maydon birligiga nisbatan ishlab chiqargan or-ganik moddalar miqdori (mas, yiliga kg/ga hisobida). Ba’zan u organizm-larning energiyani iste’mol qilish tezligi bilan baholanadi (mas, yiliga kkal/m tirik modda hisobida).

Ekotizimning elastikligi - [ing. ecosystem flexibility] – ekotizimda-gi ayrim qismlarning o‘z sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish qobiliyati.

Ekotiplar - [ing. ecotypes] – mahalliy sharoitlarga moslashgan, geogra-fik keng tarqalgan turlarning populyasiyalari.

Ekoton - [ing. ecotone] – tutash landshaft komplekslari o‘rtasida joylash-gan, lateral jarayonlarning jadalligi, ekologik sharoitlar xilma-xilligi va oqibatda, tirik moddaning yuqori faolligi (“biotopning chekka effekti”) bilan tavsiflanadigan eniga tor, bo‘yiga cho‘ziq o‘tish zonasi (doirasi).

Ekstress - [ing. extress] – organizmning har qanday ta’sirga ijobiy reak-siyasi (javobi).

Ektoparazit - [ing. ectozoon] – tashqi tekinxo‘r - tananing tashqi qismida yashovchi tekinxo‘r organizm.

Endem - [yun. endemos – mahalliy] – faqat aynan shu mintaqada (hududda) yashaydigan (uchraydigan) biologik tur.


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə