Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Ekologik axborotlar (ma’lumotlar)



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə65/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Ekologik axborotlar (ma’lumotlar) – tabiiy jarayonlar va sha-roitlar hamda ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhit va aholi sog‘ligiga ta’siri modellarini tuzish yoki ekologik o‘lchashlar o‘tka-zish, ularni tahlil va sintez qilish yo‘li bilan to‘plangan yoki olin-gan har qanday ma’lumot yoki axborotdir. Bu axborotlarni belgili-umumlashgan modellar orqali ifodalash, ya’ni modellashtirish eko-tizimlarning yaxlit tuzilmasi va ularning tarkibiy qismlari o‘rta-sidagi bog‘lanishni tizimli tadqiq qilishga imkon beradi.
Model – bu ekologik ma’lumot yoki axborotlarni tizimli tahlil qilish, undagi asosiy fikrni ajratib ko‘rsatish va olingan bilim-larni umumlashtirishga yordam beradigan blok-chizma. Ekologik mo-dellarning bir qancha funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • tushuntiruvchi – ma’lumot yoki axborotlar beruvchi;

  • yo‘naltiruvchi – tadqiqiy faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi;

  • tashxislovchi natijaviy jihatlarni aniqlovchi;

  • bashorat qiluvchi qachon, qaerda qanday foydalanish mumkinli-gini ko‘rsatuvchi;

  • baholovchi – tadqiqiy faoliyat natijalari samaradorligini ko‘r-satuvchi va sh.k.

Demak, ekologik modellashtirishda mavhum modellardan samarali foydalanish eng maqbul usul hisoblanadi. Mavhum modellarning uch turi farqlanadi:

  • so‘z orqali ifodalangan modellar – ekologik matnlar, jadvallar va sh.k.;

  • shartli tasvir, chizma tarzida ifodalangan modellarekoti-zimlar tuzilmasi, ularda kechadigan jarayonlarga oid chizmalar, rasm-lar, grafiklar va sh.k.;

  • matematik modellar – ekotizimlarning yaxlitligi, tuzilmasi, rivojlanish sur’ati, ichki va tashqi omillari va shu kabilarni aks ettiruvchi matematik tavsifi (formulalar, tenglama va tengsizlik-lar tizimi).

SHuningdek, vaqt davomida ekotizimlar holatini aks ettiruvchi statik (turg‘un) va dinamik (o‘zgaruvchan) modellar ham farqlanadi.
Ekotizimlarni o‘rganish va ularning holatini baholashda tahli-liy, yasama va kompyuter modellari ham katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə