Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə62/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Экологик пирамидалар

Ekotizimdagi trofik tuzilmani produtsentlar va konsumentlardan iborat ekologik piramida ko‘ri­nishida tasvirlash mumkin (5.13-rasm).

Ekologik piramidaning asosan uchta turi farqlanadi (5.14-rasm):



  • son (miqdor) piramidasi (Elton piramidasi) – har bir trofik bosqich yoki xalqadagi organizmlarning umumiy sonini aks ettiradi;

  • biomassa piramidasi – har bir trofik bosqich yoki xalqadagi tirik modda massasini tavsif­laydi, masalan, umumiy quruq vazni;

  • mahsulot (energiya) piramidasi birlamchi mahsulot yoki ener-giyaning izchil trofik bosqichlar – xalqalarda o‘zgarishini ko‘rsatadi.

Miqdor piramidasi Elton qonuni mohiyatini aks etti­radi: xalqa-larning izchil qatorini tashkil etuvchi individlar soni produtsent-lardan konsumentlarga to‘xtovsiz kamayib boradi. Masalan, 1-halqa – produtsentlar (masalan, yashil o‘simliklar) soni 3000 ta; 2-halqa – produtsentlar bilan oziqlanuvchi konsumentlar (masalan, chigirtka-lar) soni 300 ta; 3-halqa – hasharotlar bilan oziqlanuvchi konsument-lar (masalan, baqalar) soni 30 ta; 4-halqa – baqalar bilan oziqlanuv-chi konsumentlar (masalan, ilonlar) soni 3 ta; 5-halqa – hasharot va ilonlar bilan oziqlanuvchi konsumentlar (masalan, burgut) soni 1 ta.


Quruqlik ekotizimlarida biomassa piramidasi qoidasi qo‘llani-ladi: o‘simliklarning umumiy massasi barcha o‘t­xo‘r organizmlar mas-sasidan, o‘txo‘r organizmlar massasi esa barcha yirtqich organizmlar massasidan ortiq bo‘ladi. Masalan, o‘simliklarning umumiy massasi 40000 g/m2 bo‘lsa, o‘txo‘r organizmlar massasi 2000 g/m2, yirtqich orga-nizmlar massasi esa 30 g/m2 bo‘ladi.


Mahsulot (energiya) piramidasi qoidasi birlamchi mah­sulot yoki energiyaning keyingi trofik halqalarda o‘zga­rishini aks ettiradi: har bir oldingi trofik halqada vaqt yoki energiya bir­ligida yaratilgan biomassa miqdori keyingi halqaga nisbatan katta bo‘ladi. Masalan, produtsentlarning quruq biomassasi yiliga 809 g/m2 (yoki 10000 j/m2) bo‘lsa, birinchi tartibli konsumentlarniki 37 g/m2 (yoki 1000 j/m2), ikkinchi tartibli konsumentlarniki 11 g/m2 (yoki 100 j/m2), uchinchi tartibli konsumentlarniki 2 g/m2 (yoki 10 j/m2) bo‘ladi.
Ekotizim barqaror holatda bo‘lishi uchun uning istalgan bir tro-fik halqasi (bosqichi) mahsuloti keyingi halqa (bosqich) organizm-larining ozuqaviy ehtiyojini to‘liq qoplashi kerak. SHunda ekotizim biomassasi o‘zgarmasdan qoladi, ya’ni tizimdagi organizmlar hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga to‘liq sarflanadi.
Ekologik piramida qoidalariga muvofiq tabiiy ekotizimlardan ularning mahsuldorligiga putur et­­­kazmas­dan u yoki bu miqdordagi o‘simlik yoki hayvonot biomas­sasini olish mumkin. Lekin odamlar tabiiy ekotizim­lardan keragidan ortiq mahsulotlar oladi. Natija-da tabiiy ekotizimning mahsuldorligi pasayadi.
Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi odamlarni oziq-ovat bilan ta’minlaydigan asosiy manbadir. Odamlar sun’iy agroekotizimlar yaratib, madaniy o‘simliklardan sof birlamchi mahsulotni ko‘proq olishga intiladi. Biroq agroekotizimlarda yaratilgan sof birlamchi mahsulot­­ning 90 foizi turli maqsadlarga (masalan, chorvachilik va sanoat tarmoqlariga), atigi 10 foizi odamlarning bevosita iste’mol qilishiga sarflanadi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə