Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə58/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Экотизимлар гомеостази
Gomeostaz biologik tizimlar, ya’ni orga­nizm, populyasiya va ekotizimlarning tashqi ta’sirlarga, o‘zgarish­­larga qarshilik ko‘rsatish va muvozanatini saq­lab qolish qobiliyati. Ekotizim nuqtai nazaridan go­meostaz hodi-sasi teskari (yoki tiklovchi) aloqa (yoki bog‘lanish)­. Masalan, poyki-loterm hayvonlarda tana haroratining o‘zgarishi miyadagi maxsus markaz tomonidan boshqariladiki, bunda markazga me’yordan chetga chiqish haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan teskari aloqa signallari doimo kelib turadi, markazdan esa haroratni me’yorga qaytaruvchi signallar jo‘natib turiladi. Boshqacha aytganda, gomeostazni pechka-ning ter­mostat (haroratni bir maromda saqlab turadigan asbob) tomo-nidan boshqarilishiga qiyoslash mumkin.
Ekotizimlarni boshqarish uchun tashqaridan tartibga solish talab etilmaydi. Ekotizimlar o‘zini-o‘zi tartibga soladigan, o‘z-o‘zidan boshqariladigan tizim. Ekotizim darajasida o‘z-o‘zidan tartibga solinadigan gomeostaz bir qancha boshqarilish mexanizmlari (ichki tartiboti) bilan ta’minlangan. Ulardan biri «yirtqich o‘lja» ti-zimchasi hisoblanadi (5.10-rasm). Odatda boshqarish tizimi ijobiy va salbiy bog‘lanishlar (aloqalar) vositasida amalga oshadi. Ijobiy teskari bog‘lanishlar o‘zaro «farqni kuchaytiradi», masalan, o‘lja po-pulyasiyasini haddan ziyod ko‘paytiradi. Salbiy teskari bog‘lanishlar o‘zaro «farqni kamaytiradi», masalan, yirtqich populyasiyasi soni-ning ko‘payishi hisobiga o‘lja populyasiyasi o‘sishini cheklaydi. Bu chizma (5.10-«a» rasm) «yirtqich – o‘lja» tizimidagi koevolyusiya ja-rayonini aks ettiradi, ya’ni bu bog‘liqlikda o‘zaro moslashish jarayon-lari rivojlanadi.






Agar bu tizimga boshqa omil­lar aralashmasa (masalan, odam tomo-nidan yirtqich yo‘q qilinmasa), o‘z-o‘zi­dan tartibga solinish natijasi salbiy teskari aloqalar zonasi – gomeostaz maydonida tavsiflanadi. Gomeostaz maydoni – ekotizim uning chegarasida o‘z barqarorligini saqlab turadigan hudud. Agar tizimda buzilishlar bo‘lsa, ijobiy tes-kari bog‘lanishlar ustunligi boshlanib, halokat sodir bo‘lishi mum-kin (5.10-«b» rasm).


Yirik ekotizimlar hammadan ko‘ra barqaror bo‘lib, ular ichida eng turg‘uni biofera hisoblanadi, kichik ekotizimlar esa eng beqaror, o‘zgaruvchan bo‘ladi. Buning sababi shundaki, yirik ekoti­zimlarda moddalar aylanishi va energiya oqimlarining o‘zaro aloqadorligi hi-sobiga o‘z-o‘zidan tartibga solinuvchi gomeostaz vujudga keladi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə