Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə55/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Trofik zanjir (ozuqa zanjiri, oziqlanish zanjiri) – organizm-larning ekotizimdagi modda va energiya aylanishini (o‘zgarishini) amalga oshiruvchi o‘zaro munosabatlari; «ozuqa – iste’molchi» munosa-bati orqali bir-biri bilan bog‘langan har xil turlarning guruhlari, ya’ni, har bir guruh (to‘plam, bosqich) o‘zidan keyingi guruh (to‘plam, bosqich) uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladigan zanjir (5.9-rasm).



Organizmlarning ozuqaviy o‘zaro munosabatlari nuqtai na­zaridan ekotizimlarning trofik tuzilmasi ikkita pog‘o­naga bo‘linadi:

  1. yuqoriavtotrof pog‘ona yoki fotosintezlovchi, oddiy noorga-nik birikmalardan murakkab organik molekulalar hosil qiluvchi organizmlarni o‘z ichiga olgan «yashil mintaqa»;

2) quyi geterotrof pog‘ona yoki nobud bo‘lgan organik moddalar-ning oddiy mineral birikmalarga parchalanish jarayoni kechadigan tuproq va cho‘kindi jinsdan iborat «jigarrang mintaqa» (5.8-rasm).
Ekotizimdagi murakkab biologik o‘zaro bog‘lanishlarni tushunish uchun quyidagilarni bilish talab etiladi:

  • moddalar aylanishida ishtirok etadigan noorganik mod­dalar (C, N, CO2, N2O, R, O va sh.k.);

  • biotik va biotik qismlarni bog‘lovchi organik birik­malar (oq-

sillar, uglevodlar, lipidlar, chirindili moddalar va sh.k.);

  • abiotik omillarni o‘z ichiga olgan havo, suv va oziqlantiruvchi muhit;

  • oddiy noorganik moddalardan ozuqa ishlab chiqarishga layoqatli bo‘lgan yashil o‘simliklar, avtotrof organizmlar – produtsentlar;

  • boshqa organizmlar yoki organik mod­dalarning qoldiqlari bilan oziqlanadigan hayvonlar, getero­trof organizmlar – konsumentlar yoki fagotroflar (ebto‘ymaslar);

  • nobud bo‘lgan organik moddalarni par­chalash yo‘li bilan energiya oluvchi bakteriyalar va zamburug‘lar, geterotrof organizmlar – redu-sentlar yoki saprotroflar (o‘laksaxo‘rlar).





Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə