Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə51/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

1-

2-

1. Betaraflik (neytrallik)

0

0

Bir tur populyasiyasi ikkinchi tur populyasiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi



2. Raqobat
(konkurensiya)





Ikki turning bir-biriga bevosita bosimi (siquvi)






3.Raqobat (konkurensiya)





Ikki turning tashqi resurslar etishmovchiligida o‘zaro bilvosita bosimi

4. Jabrdiydalik (amensallik)



0

Bir populyasiya (2) boshqa populyasiyaga (1) bosim o‘tkazadi, lekin o‘zi salbiy ta’sirni boshdan kechirmaydi





5. Tekinxo‘rlik (parazitlik)

+



Parazit populyasiyasi (1) individlari kattaligi bo‘yicha xo‘jayin populyasiyasi (2) individlaridan kichik bo‘ladi



6. Yirtqichlik

+



Yirtqich (1) individlari odatda o‘lja (2) individlari-dan yirik bo‘ladi



7. Turg‘unlik (kommensallik)

+

0

Kommensal populyasiya (1) birlashishdan foyda ko‘radi, boshqa populyasiyaga (2) bu ittifoqning ahamiyati yo‘q





8. Ilk hamkorlik
(protokooperatsiya)

+

+

O‘zaro munosabat har ikki tur uchun ham foydali, biroq majburiy emas



9. O‘zaro manfaatdorlik (mutuallik)

+

+

O‘zaro munosabat har ikki tur uchun ham foydali, ham majburiy



4.1-jadvaldagi «0» belgisi turlarning o‘zaro munosabatida po-pulyasiya hech qanday ta’sirni boshdan kechirmasligini, «+» belgisi bir populyasiya manfaat (foyda) ko‘rishini, «» belgisi bir populyasiya salbiy ta’sirni boshdan kechirishini anglatadi.


Biotsenozda bir xil ekologik maskanni egallagan ikkita har xil tur mavjud bo‘lmaydi. Agar har ikkala tur sonining o‘sishi bitta hayo-tiy muhim resurs bilan cheklangan bo‘lsa, cheklangan makonda ikki tur-ning muqim yashashi, ya’ni bir xil ekologik talablarga ega bo‘lgan ikki tur bitta ekologik maskanni uzoq vaqt davomida egallab turishi mum-kin emas. Bu raqobatli istisno tamoyili yoki Gauze prinsipi deyi-ladi. Rossiyalik mikrobiolog olim G. Gauze (1910-1986), infuzoriya-larning ikki turini (a, b) bir xil muhitda alohida va qo‘shib o‘stirib, biroz vaqt o‘tganidan keyin ulardan faqat bittasi (b) muhitda qolgan-ligini aniqlagan (4.10-rasm).

Resurslar uchun turlararo raqobat makon, oziq-ovqat, biogen mod-dalar va shu kabilarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Aynan resurslar-ning kamayishi salbiy o‘zaro ta’sirli vaziyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Turlararo raqobat natijasida ikki tur o‘zaro ko‘nikishi, bit-ta tur populyasiyasi boshqa tur populyasiyasining o‘rnini egallashi, ay-rim populyasiyalar boshqa joyga ozuqa izlab ko‘chib o‘tishi kabilar ku-zatilishi mumkin. Agar turlar har xil joylarda yashasa, ular har xil ekologik maskanni egallaydi, agar ular bir joyda yashasa, biroq har xil oziq-ovqatlarni iste’mol qilsa, bir necha farqlanuvchi ekologik maskanlar haqida gap ketadi. Tur populyasiyalari tomonidan makon va resurslarning bo‘linish jarayoni ekologik maskanlar tabaqalashuvi deyiladi (4.11-rasm).






4.11-расм. Африка саваннасида туёқли ҳайвонларнинг озиқланиш поғоналари бўйича тақсимланиши
(Ф. де ла Фуэнте бўйича, 1972)
1 – жирафа; 2 – жирафа оҳу (гарануг); 3 – дик-дик кийиги; 4 – каркидон;
5 – фил; 6 – зебра; 7 – гну; 8 – Грант оҳуси; 9 – бубал кийиги

Ekologik maskanlarning ta­baqa­lanishi natijasida ra­qobat pasay-tiriladi. Masalan, soyasevar o‘simliklar oftobsevar o‘simliklar bi-lan raqobatlashmaydi.


Demak, biotsenozning barqarorligi unda ke­chadigan turli jarayon-larning qay darajada o‘zgarishiga, uning turli omillar vositasida boshqarilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə