Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə47/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Ikkinchi darajali» turlar – kam sonli turlar ham biotsenozda muhim o‘rin tutadi. Ularning ko‘p bo‘lishi biotsenoz barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Turlarga boy biotsenozlarda barcha tur-lar kam sonli bo‘ladi, biroq tur tarkibi qancha kambag‘al bo‘lsa, domi-nant turlar shuncha ko‘p bo‘ladi.
Biotsenozdagi har bir tur boshqa turlarning ko‘chib kelishi va joy-lashishi uchun qulay sharoit (yoki muhit) yaratishi mumkin. Masalan, muayyan biotsenozga ko‘chib kelgan yumronqoziqlar muhit sharoitini o‘zlashtirib olgach, bu erga o‘z yirtqichlarini boshlab ke­lishi mumkin, chunki ular o‘z yirtqichlariga birlamchi ozuqadir.



Bundan tashqari, biotsenozning ichida konsorsiya deb ataluvchi alo-hida tuzilmaviy uyushma mavjud bo‘ladi. Konsorsiya – o‘z atrofida muayyan muhitni yaratish qobiliyatiga ega bo‘lgan qandaydir ma’lum bir turga mansub individ (konsorsiyaning markaziy a’zosi) tanasi va atrofida joylashgan har xil organizmlar guruhi (4.6-rasm). Masalan, daraxt: tanasi va shoxlarida – qushlar, qo‘ng‘izlar, qurtlar, kovagida hayvon inlari, ildiz tizimidabakteriyalar, zamburug‘lar, qurtlar joylashadi va sh.k.
Konsorsiyaning boshqa a’zolari ham xuddi shunday, biroq birmun-cha kichik konsorsiyalar hosil qilishi mumkin. Demak, birinchi, ikkin-chi, uchinchi va hokazo tartibdagi konsorsiyalar farqlanishi mumkin. SHundan ma’lum bo‘ladiki, biotsenoz bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan konsorsiyalar tizimidir.
Aksariyat hollarda konsorsiyaning markaziy a’zosi o‘simliklar hisoblanadi. Masalan, o‘simlik konsorsiyasining a’zosi bo‘lgan dala sichqoni to‘kilgan donlar, urug‘lar bilan oziqlanib, o‘zining ichki pa-ra­zitlari, gelmintlari, bakteriyalari va boshqa organizmlar bilan ki­chik konsorsiyalar hosil qiladi.



4.6-расм. Дарахт консорциясининг чизмаси

1 – илдиздаги микориза (замбуруғ танаси); 2 – тиллақўнғиз личинкаси;


3 – пўстлоқхўр қўнғиз; 4 – ипак қурти; 5 – баргхўр қўнғиз; 6 – асалари;
7 – қораялоқ уяси; 8 –буғу ва бошқа ўтхўрлар; 9 – дала сичқони.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə