Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə46/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Turlar xilma-xilligi – ekotizimlar barqarorligining eng mu-him miqdoriy va sifatiy tavsiflaridan biri bo‘lib, muayyan uyushma yoki mintaqadagi turlar sonidir. Turlar xilma-xilligi yashash muhi-tining turli-tuman sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Muayyan bio-topda eko­logik talablar bo‘yicha o‘ziga mos sharoitlarni topa olgan organizmlar qancha ko‘p bo‘lsa, unga shuncha ko‘p tur joylashadi. Masa-lan, chuchuk suv biotsenozidagi turlar xilma-xilligi (4.4-rasm).
Muayyan bir yashash joyidagi turlar xilma-xilligi α-xilma-xillik, muayyan bir mintaqa chegarasidagi barcha yashash joylarida yashovchi ham-ma turlar majmui β-xilma-xillik deyiladi. Turlar soni, ularning miqdori o‘rtasidagi nisbat, biomassa, mahsuldorlik va sh.k. yoki tur-lar sonining maydon birligiga dahldorligi turlar xilma-xilligini miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari, xilma-xillik indeksi bo‘lib xiz-mat qiladi.
Biotsenozdagi turlar sonining bir-biri bilan miqdoriy nisbati muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Masalan, agar bir holatda beshta tur 100 nafar individ bo‘yicha 96:1:1:1:1 nisbatda, ikkinchi holatda 20:20:20:20:20 nisbatda bo‘lsa, birinchi guruh nisbatan bir xil, ik-kinchi guruh esa xilma-xil ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Uyushmalar yoki tutashgan (chegaradosh) landshaftlar majmualari o‘rtasida yondama jarayonlar birmuncha faollashganligi, ekologik sharoitlar rang-barangligi va shu tufayli tirik moddalar faolligi yuqoriligi bilan tavsiflanuvchi chegaraviy muhit – eniga keng bo‘lma-gan va bo‘yicha cho‘zilgan hudud ekoton deb ataladi. Ekoton turlarga juda boy bo‘ladi. Masalan, o‘rmonlarning chekka qismi.




4.4-расм. Чучук сув ҳавзаси биоценозида турлар хилма-хиллиги

Muayyan uyushmada (biotsenozda) miqdor (son) jihatidan nisbatan ustun turuvchi (ko‘p bo‘lgan) turlar dominant (ustun) turlar yoki do-minantlar deb ataladi. Biroq dominantlar ichida edifikatorlar deb ataluvchi shunday turlar borki, ularsiz boshqa turlar mavjud bo‘la olmaydi.


Edifikator turlar uyushma mikromuhitini (mikroiqlimini) bel-gilab beradi; ularning yo‘qolishi biotsenozning buzilishiga, emiri-lishiga xavf soladi. Odatda o‘simliklar (masalan, qarag‘ay, qoraqara-g‘ay, turang‘il va sh.k.) edifikatorlik qiladi va o‘rmon (to‘qay) biotse-noziga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, cho‘lda saksovul, juz-g‘un, yovshan, sho‘ra kabi o‘simliklar edifikator turlar hisoblanadi (4.5-rasm).

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə