Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Биоценознинг макон тузилмаси



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə48/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Биоценознинг макон тузилмаси

Biotsenozdagi turlar muayyan makon tuzil-masini hosil qiladi. Bu fitotsenozda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mo‘‘tadil va tropik mintaqa o‘rmonlarida tikkasiga pog‘onali tu­­­zilma aniq bilinadi. Ma­salan, keng bargli o‘rmonlarda beshta pog‘ona aniq ajralib turadi (4.7-rasm):


I pog‘ona – birinchi kattalikdagi daraxtlar (eman, jo‘ka, qayrag‘och);
II pog‘ona – ikkinchi kattalikdagi daraxtlar (chetan, olma, nok);
III pog‘ona – bu­talar (itshumurt, uchqat);
IV pog‘ona – baland bo‘yli o‘tlar;
V pog‘ona – past bo‘yli o‘tlar.
Pog‘onali joylashish o‘sim­liklarga yorug‘lik oqimidan to‘liq foy-dalanishga imkon be­radi: yuqori pog‘onalarda oftobsevar, quyi pog‘o-nalarda soya­sevar, eng quyi pog‘onada – soyasevar o‘simliklardan qol­gan
yorug‘likdan foydalanuvchi salqinsevar o‘simliklar joylashadi.
Fitotsenozning vertikal (tik) tuzilmasida o‘simliklar ta’siri ostida haroratning bir tekisligi, ko‘tarilishi va gaz tarkibining sutka da­vomida yangilanib turishini ta’minlovchi o‘ziga xos mikro-muhit vujudga keladi.
Mikromuhitning o‘zgarishi zootsenozda ha­sharotlar va qushlardan tortib to sut emizuvchilargacha qadar o‘ziga xos pog‘onali tuzilma ho-sil bo‘lishiga imkon beradi (4.7-rasm).



Biotsenozning makon tuzilmasida pog‘onaviy tuzilmadan tashqari quramalik, ya’ni o‘simlik va hayvonot dunyosining sathiy (yotiq) o‘zga-rishi kuzatiladi.
Hududiy quramalik turlarning xilma-xil­ligi, ularning o‘zaro miqdoriy nisbati, landshaft va tuproq sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Quramalik sun’iy ravishda, ya’ni odamlarning o‘rmon-larni kesishi tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, daraxt-lari kesilgan maydonlarda yangi biotik uyushmalarning vujudga keli-shi (4.8-rasm).



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə