Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə56/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Табиатда ҳосил
бўлиш ва парчаланиш
жараёнлари
Er sayyorasida produtsentlar, ya’ni fo-tosintezlovchi organizmlar tomonidan har yili 100 mlrd t atrofida organik moddalar – mahsu­­­lotlar ishlab chiqila-di. O‘simliklarning nafas olishi natija­sida taxminan shuncha miq­dor­dagi organik modda karbonat angidrid va suvga aylanishi kerak bo‘ladi. Biroq bu muvozanat (nisbat) aniq (to‘g‘ri) emas. Buning sababi shundaki, qadim geologik davrlarda, xusu­san, 300 mln yil oldin organik moddalar ortiqcha hosil bo‘lgan va bu ko‘mir cho‘kindi jinsi-ning to‘planishida o‘z aksini top­gan. Bugungi kunda insoniyat mana shu energetika xomashyosidan foydalanadi.
Bu davrda ortiqcha organik modda O2 / SO2 nisbatidagi muvo­zanat SO2 tomonga siljiganligi va hosil bo‘lgan or­ganik moddaning sezi-larli qismi, juda kichik bo‘lsa-da, nafas olishga sarflanmaganligi va parchalanmaganligi tufayli vujudga kelgan va toshdek qotib, cho‘kindi shaklida saqlangan. Taxminan 100 mln yil oldin muvozanatning O2 salmog‘i ortishi tomonga siljishi hayot evolyusiyasi va uning oliy shakllari vujudga kelishiga imkon bergan. Fotosintez yoki nafas olish va parchalanish kabi tabiiy jarayonlar bo‘lmasa, Erda hayotning paydo bo‘lishi va davom etishiga imkon bo‘lmas edi.
Nafas olish oksidlanish jarayoni bo‘lib, qadim zamonlarda uni yonish hodisasiga to‘g‘ri qiyoslagan. Bunda organizm o‘ziga kislorodni qabul qiladi, o‘zidan karbonat angidrid, suv va moddalar almashinu-vining ba’zi mahsulotlarini chiqaradi. Nafas olish tufayli foto-sintez paytida to‘plangan organik moddalar xuddi «yongandek» bo‘la-di. Bu jarayonda o‘simlik, hayvon va odam organizmining hayotiy fao-liyati energiya bilan ta’minlanadi. Demak, nafas olish organik mod-dalarning avtotrof to‘planishini de­yarli muvozanatga keltirib tura-digan geterotrof jarayondir.
Aerob va anaerob na­fas olish hamda bijg‘ish jarayonlari farqlana-di.
Aerob nafas olish fotosintezga teskari jarayon, ya’ni glyukoza-ning kislorod ishtirokida parchalanish reaksiyasi bo‘lib, karbonat angidrid va suv ajralib chiqadi:


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə