Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə64/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

б) дала сукцессияси

а) кўл сукцессияси



5.19-расм. Бирламчи (кўл) ва иккиламчи (дала) сукцессия

Xuddi shuningdek, kesilgan o‘rmon (to‘qay) o‘rnida ochilgan ekin da-lasi ham (masalan, Amudaryo deltasida) ekilmay tashlab qo‘yilsa, bu erda dastlab bir necha uyushmalar paydo bo‘ladi. Eng avvalo, dala turli xil bir yillik o‘tlar bilan qoplanadi, keyin buta va daraxtlarning ayrim turlari paydo bo‘ladi. Tuproqda o‘simlik urug‘lari ildiz otish-ni boshlaydi. Keyinchalik bu dalada yana o‘rmon (to‘qay) paydo bo‘ladi (5.19-«b» rasm).


Demak, ko‘l va dala misolida tabiiy omillar yoki odam ta’sirida ba’zi uyushmalarning ma’lum vaqt oralig‘ida boshqa uyushmalarga dav-riy, qonuniy aylanishi, ya’ni suksessiya jarayonini ko‘rish mumkin.
Suksessiya o‘zgarishlari jarayonida o‘simlik va hayvonot turlari doimo bir-biri bilan almashinib turadi, yangi turlar paydo bo‘ladi, biomassa oshadi va keyin uning o‘sish tezligi kamayadi va h.k.
Ikkilamchi suksessiyadagi o‘zgarishlar birlamchiga nisbatan tez ro‘y beradi. Iqlim sharoitlari ham suksessiya davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, cho‘llarda suksessiyaning davom etish vaqti uncha-lik katta bo‘lmaydi, chunki cho‘l uyushmalari noqulay tabiiy muhitni tez o‘zgartira olmaydi.



Экологияда тизимли ёндашув ва моделлаштириш
Ekotizimlarga tizimli yondashish hamda ularda kechayotgan jarayonlarni modellashti-rish orqali bu boradagi ilmiy-amaliy muam-molarni samarali hal etish mumkin. Ichki o‘zaro aloqadorlik, ma’lum tartibga solinganlik va tashqi bir butun-lik yoki yaxlitlik har qanday ko‘lamdagi ekotizimning eng muhim ji-hatidir. Bu jihatlar uning tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lanishlar orqali umumlashtirish, idrok etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ekotizimlarning tarkibi, tuzilmasi va xususiyatlari tizimli tahlil vositasida o‘rganiladi. Ekologik tahlil – muayyan ekotizim-ning muhim belgi va xususiyatlarini alohida ajratib ko‘rsatish va ekologik sintez – muayyan ekotizimning muhim belgi va xususiyatla-rini bir butunga birlashtirish jarayonlari bo‘lib, ular ekologik ma’lumotlar yoki axborotlar to‘plash yoxud olishga imkon beradi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə