Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə60/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

3-trofik
bosqich

4-trofik
bosqich











5-trofik bosqich:
Organik moddalarning parchalanishini ta’minlovchi redutsentlar




5.11-расм. Трофик босқичлар
5.3-расм. Трофик босқичлар


Konsumentlar tomonidan yutilgan oziq moddalar organizmda to‘-liq o‘zlashtirilmaydi: ayrim o‘txo‘r konsumentlarda 12-20 foizgacha, et­xo‘r konsumentlarda esa 75 foizgacha o‘zlashtiriladi.


Energiya sarfi asosan orga­nizmdagi metabolizm jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga, ya’ni nafas olishga ketkaziladi. Energiyaning qolgan kam qismi organizmdagi turli jarayonlar (to‘qimalar, zaxira-lar va sh.k.) uchun sarf­lanadi. Oxir-oqibatda, metabolizmda foydala-nilgan barcha energiya issiqlik energiyasiga aylanib, atrof-muhitga tarqaladi.
SHunday qilib, energiyaning katta qismi bir trofik bosqichdan boshqasiga o‘tishda yo‘qotiladi. Bu yo‘qotish taxminan 90 % atrofida bo‘ladi: har bir keyingi bosqichga oldingi bosqichning taxminan 10 % atrofidagi energiyasi uzatiladi. Aslida ekotizimlarning trofik zanjiri bir-biri bilan o‘zaro bog‘­langan murakkab, ko‘p omilli tizim. Bundan xulosa shuki, hayot mavjud bo‘lishi uchun tarqalgan va yo‘qolgan energiya qaytadan (yangidan) tiklanishi lozim.
SHuningdek, ekotizimdagi moddalar aylanishi jarayoniga ko‘pincha tashqaridan kirib kelgan moddalar qo‘shilib qoladi va ular ozuqa zan-jirida to‘planadi. Bu jarayonga biologik to‘p­lanish deyiladi. Bunga trofik zanjirlarda radionuklidlar va pestitsidlar to‘planishini misol qilib keltirish mumkin. Biologik to‘p­lanish (masalan, DDT) tufayli ayrim jonzotlar qirilib yoki kamayib ketishi mumkin.


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə