Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Экотизимлар (биологик) маҳсулдорлиги



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə61/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Экотизимлар (биологик) маҳсулдорлиги

Ekotizimlar mahsuldorligi – bu ekotizim tarkibiga kirgan o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar biomassasining qayta tik-lanish tezligi; ekotizim tomonidan hayotiy faoliyat jarayonida organik moddalarning to‘plashi; fotosintez (pro-dutsentlar) va xemosintez (bakteriyalar) jarayonlarining tezligi.


Biologik mahsuldorlik (biomahsuldorlik) – uyushmaning modda va energiyadan foydalanish asosida organik moddani qayta ishlab chiqa-rish xususiyati. Biologik mahsuldorlik, odatda, maydon birligiga taqsimlangan biologik mahsulot miqdori (masalan, bir yilda kg/ga) bilan baholanadi.
Tabiatda organik moddalar hosil bo‘lishining (ishlab chiqilishi-ning) turli darajalari mavjud bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi mahsu-lotlar farqlanadi. Vaqt birligi ichida produtsentlar tomonidan hosil qilingan orga­nik massa birlamchi mahsulot deb, vaqt birligi ichida geterotrof organizmlar (konsu­mentlar) massasining o‘sishi ikkilamchi mahsulot deb ataladi (5.12-rasm).



Birlamchi mahsulotning ikki darajasi farqlanadi: yalpi va sof birlamchi mahsulot. YAlpi birlamchi mahsulot – o‘simliklar tomoni-dan vaqt birligi ichida fotosintez ja­rayonining muayyan tezligida yaratiladigan organik modda­ning umumiy massasi.
O‘simliklar o‘zlari yaratgan yalpi mahsulotining 40 foizdan (masa-lan, suv-o‘tlar yoki plankton) 70 foizgacha (masalan, daraxtlar) bo‘lgan qismini nafas olishga sarflaydi. YAlpi mahsulotning «nafas olish-ga» sarflanmay qolgan qismi sof birlamchi mahsulot deyiladi. Sof birlamchi mahsulot o‘simlikning o‘sish miqdorida (vaznida) o‘z aksini topadi; aynan shu mahsulot kon­sumentlar va redutsentlar tomonidan o‘zlashtiriladi (5.12-rasm).
Konsumentlar va redutsentlar (barcha geterotrof organizmlar) bir-lamchi mahsulot hisobiga yashaydi, ya’ni produtsentlar tomonidan yara-tilgan mahsulotdan foydalanadi. Geterotrof organizmlar birlamchi mahsulotning faqat bir qismini o‘zida to‘playdi va vaznini oshiradi. To‘plangan bu vazn ikkilamchi mahsulot deb ataladi. Masalan, qoramol o‘z vaznini 1 kg ga oshirishi uchun o‘rta hisobda 70-80 kg o‘t eydi. Demak, o‘tning, ya’ni birlamchi mahsulotning ko‘p qismi qoramolning hayotiy jarayoniga sarflanadi, qolgan ozgina qismi ikkilamchi mahsulot, ya’ni vazn sifatida to‘planadi. Ikkilamchi mahsulot yalpi va sof mah-sulotga bo‘linmaydi.
Ekotizimning tirik tarkibiy qismlari – produtsentlar, konsu-mentlar va redutsentlar uyushmaning yoki ayrim organizmlar guruh-larining umumiy bio­massasini tashkil qiladi. Biomassa – maydon yoki hajm birligida hisoblangan tirik modda miqdorining massa birligida ifodalanishidir. Biomassa, odatda, ho‘l va quruq og‘irlikda ifodalanadi. Barqaror uyushmalarda birlamchi va ikkilamchi mahsu-lotlar trofik tarmoqlarda to‘liq sarflanadi hamda umumiy biomassa o‘zgarmasdan qoladi.


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə