Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Экотизимларнинг ўзгариш суръати



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə63/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Экотизимларнинг ўзгариш суръати

Ekotizimdagi populyasiyalar yoki uyushmalar qanday o‘zgarish (o‘sish, rivojlanish) jarayoni-ni boshdan kechirsa, ekotizimlarda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar, ya’ni davriylik, populyasiya va biotsenozlarning almashinuvi kabi hodisalar sodir bo‘ladi.


Tashqi sharoitlarning sutkalik, mavsumiy va ko‘p yillik o‘zgarish-lari hamda organizmlarda ichki (endogen) ritm – maromlarning paydo bo‘lishi uyushmalar, ya’ni biotsenozlar davriyligida o‘z aksini topadi.
Sutkalik davriylik kunduzgi va tungi haroratlar o‘rtasida sezi-larli farq bo‘ladigan yozi issiq, qishi sovuq iqlimli hududlarda ancha keskin namoyon bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonning tekislik hududlari-da yashovchi aksariyat hayvonlar jazirama tushda uyasiga yashirinadi yoki yozda tungi hayot tarziga o‘tadi.
Mavsumiy davriylik bir yillik o‘tlar yo‘qolgan, barglar to‘ki-lishi to‘xtagan paytlarda karaxt bo‘lib (dong qotib) qishqi uyquga ketadigan hay­vonlar guruhida, hatto butun boshli populyasiyalarda kuzatiladi, ya’ni ular biotsenozdan go‘yoki «tushib qolganday» bo‘ladi.
Ko‘p yillik davriylik iqlim fluktuatsiyasi (o‘zgarishlari) bilan bog‘liq bo‘ladi. YOg‘inlarning yillar bo‘yicha keskin notekis taqsimla-nishi, qurg‘oqchilikning davriy takrorlanishi tufayli kelib chiqadi-gan ko‘p yillik davriylik biotsenoz miqdori (soni) o‘zgarishida, hay-vonlar yalpi ko‘payishining takrorlanishida (masalan, chigirtkalar yopirilishida) yaqqol ko‘rinadi.
Ekotizimlarning rivojlanish jarayonida populyasiyalar va biotse-nozlarning davriy almashinuvi ro‘y beradi. Bu jarayonga ekologik suk-sessiya (izchil almashinish) deyiladi. N. Reymers ta’rifiga (1990) ko‘ra, ekologik suksessiya – u yoki bu hududda (biotopda) tabiiy maqbul tarzda paydo bo‘lgan biotsenozlarning tabiiy omillar yoki odam fao-liyati ta’sirida tadrijiy yangilanishidir. Boshqacha aytganda, ekolo-gik suksessiya tabiiy omillar yoki odam faoliyati ta’sirida u yoki bu hududdagi (biotopdagi) biotsenozlarning izchil almashinuvidir.
Ma’lum vaqt oralig‘ida uyushmaning tur tarkibi va abiotik muhiti rivojlanishning eng yuqori dara­jasi, ya’ni barqaror tizim paydo bo‘lishiga qadar o‘zgarib, ekologik suksessiya ro‘y beradi. O‘zaro alma-shinadigan (bir-biriga almashadigan) ekotizimlarning so‘nggi, nisba-tan barqaror holatiga yoki barqarorlashgan ekotizimga klimaks deyi-ladi. Bu holatda ekotizimning energiya birligiga eng ko‘p biomassa to‘g‘ri keladi va organizmlar o‘rtasida eng yuqori simbioz munosabat-lari o‘rnatiladi. Binobarin, ekotizim bu holatga kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi.
Tabiiy suksessiyaga evtrofikatsiya, ya’ni suvda biogen moddalar miqdori ko‘payishi natijasida birlamchi mahsulot darajasining ortishi tufayli ko‘l ekotizimining «qarishi» yaqqol misol bo‘ladi. (5.15-rasm).
Evtrofikatsiya ko‘lning qirg‘og‘idan markaziga qadar o‘sim-liklar bilan to‘la qoplanishida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon ma’lum bir davrda bir necha bosqichni o‘z ichiga olgan holda sekin-astalik bilan kechadi. Oqibatda ko‘l klimaks darajasida barqaror ekotizim – bot-qoqlikka aylanadi. Biroq botqoqlik ham abadiy emas; uning o‘rnida sekin-asta o‘rmon ekotizimi vujudga keladi.
Muayyan hududda suksessiya vu-judga kelishi uchun bo‘sh (tirik or-ganizmlar bilan band bo‘lmagan) ma-kon (joy) talab etiladi. Muhitning dastlabki holatiga bog‘liq holda suksessiyaning bir­lamchi va ikki-lamchi bosqichlari farqlanadi. Agar uyushma (biotsenoz) shakllanishi das-tlabki bo‘sh muhitda boshlangan bo‘l-sa, birlamchi suksessiya, agar biror muhitda oldindan mavjud bo‘lgan uyushma takomillashib, yangi biotse-nozga izchil al­mashsa, ikkilamchi suksessiya sodir bo‘ladi.
Birlamchi suksessiya tog‘ yonbag‘ri-da o‘pirilgan (siljigan), dengiz che-kingan yoki daryo o‘zani o‘zgargan sayoz joy­larda va yalang qumli cho‘llarda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi. Masalan, o‘simligi yo‘q yalang qumli joyda o‘simlik qoplami (masalan, saksovulzor) paydo bo‘lishi birlamchi avtotrof suksessiya hisobla-nadi (5.16-rasm).


Ikkilamchi suksessiya odam faoliyatining oqibati hisoblanadi. Bu suksessiya oldin uyushma mavjud bo‘lgan, biroq qandaydir sabablarga ko‘ra yo‘q bo‘lib ketgan joylarda boshlanadi. Boshqacha aytganda, ikki-lamchi suksessiya – ekotizimning tabiiy qayta tiklanishidir.
Ikki­lamchi (antropogen) suksessiya ham evtrofikatsiya misolida o‘z aksini topishi mumkin. Masalan, sun’iy suv havzasida odam faoli-yati tufayli biogen moddalar (azot, fosfor va sh.k.) miqdori ko‘payib, «gullash» hodisasining sodir bo‘lishi. SHuningdek, kesilgan to‘qaylar yoki tashlab ketilgan dalalar o‘rnida yangidan paydo bo‘ladigan uyushma-lar ikkilamchi avtotrof suksessiya hisoblanadi (5.17-rasm).

Ekotizimdagi har qanday o‘zgarishlar uyushmaga o‘z ta’sirini ko‘r-satadi. Xususan, organik moddalar ko‘paysa, organizmlar soni ortadi, etishmasa – kamayadi. Bunday o‘zgarishlar ikkilamchi geterotrof suk-sessiya mohiyatini aks ettiradi (5.18-rasm). Masalan, biror suv havza-siga daladan (yoki parrandachilik fermasidan) katta miqdorda organik moddalarga to‘yingan oqova suvlar tashlansa, ortiqcha organik modda-lar geterotroflar tomonidan o‘zlashtirilib, ular jadal ko‘payadi va o‘z sonini oshiradi. Biroq organik moddalar to‘liq o‘zlashtirilgach, ge-terotroflar soni o‘zining tabiiy darajasiga asta-sekin qaytadi, ya’ni gomeostazga (ichki muhit doimiyligini saqlashga) intiladi.
Muayyan ekotizim yoki biogeotsenozning o‘simlik va hayvonot dunyo-sida doimiy ravishda o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi. Ekotizimdagi bu o‘zgarishlarni oddiy kuzatish yo‘li bilan darhol topib bo‘lmaydi, chunki tabiiy o‘zgarishlar juda sekinlik bilan yuz beradi, ya’ni ular-ni o‘n, yigirma va undan ortiq yillar mobaynida sezish yoki payqash mumkin (5.18-rasm).


5.18-расм. Иккиламчи гетеротроф сукцессиянинг моҳияти

Masalan, ko‘l bo‘yida atrofi past bo‘yli o‘tlar bilan o‘ralgan tol o‘smoqda, deylik. O‘n yillardan keyin bu joyga qaytib kelsak, o‘tlar bilan o‘ralgan tolning singan, chirigan tanasini, ko‘l qirg‘og‘ini qo‘g‘a va qamishlar bosib ketganligini ko‘rish mumkin (5.19-rasm).


Xo‘sh, bu uyushma keyinchalik qanday rivojlanadi? Avvalo ko‘lning suv sathi sayozlashadi, suv har tarafdan xas-cho‘plar bilan qorishadi, tagiga o‘simliklarning nobud bo‘lgan qismlari cho‘kadi, yuzasi sekin-asta o‘tlar bilan qoplana boshlaydi. Bu jarayon bir necha o‘n yillar davom etadi, keyin ko‘l o‘rnida botqoqlik paydo bo‘ladi.
Botqoqlik – er yuzasining ortiqcha namlangan, doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan qismi. Botqoqlikning yuqori qatlamida nobud bo‘lgan, chirimagan o‘simlik qoldiqlari to‘planadi va ular keyinchalik torfga aylanadi. Ortiqcha namgarchilik sharoitida botqoq tuproqlar, botqoq o‘simliklari paydo bo‘ladi. O‘simliklarning o‘zgarishi bilan birga hayvonot dunyosi ham tubdan o‘zgaradi. Endi bu erda boshqa qushlar va suv emizuvchilar yashaydi. SHunday qilib, vaqt o‘tishi bilan yangi biotsenoz (o‘rmon, to‘qay) paydo bo‘ladi, uning tur tarkibi oldin-gi ko‘l biotsenozidan tubdan farq qiladi (5.19-«a» rasm).






Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə