Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə57/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

С6Н12О6 + 6О2 → 6СО2 + 6Н2О



SHunga muvofiq, faqat erkin molekulyar kislorod bo‘lgandagina hayot kechirishi mumkin bo‘lgan organizmlarga aeroblar (oksibiont-lar) yoki aerob organizmlar deyiladi. Aeroblarga deyarli barcha hay-vonlar va o‘simliklar hamda ko‘pchilik mikroorganizmlar kiradi.


Anaerob na­fas olish, odatda, kislorodsiz muhitda ro‘y beradi va oksid­lovchi sifatida anorganik moddalar ishtirok etadi:

С6Н12О6 + 4NO3 → 6СО3 + 6Н2О + 2N2 ёки
C6H12O6 + 3H2SO4 → 6CO2 + 6H2O + 3H2S↑




Bijg‘ish ham anaerob jarayon bo‘lib, organik moddaning o‘zi oksid-lovchi hisoblanadi va fermentlar yor­damida kislorod ishtirokisiz parchalanish ro‘y beradi:

C6H12O6 → 2CO2 + 2C2H5OH


Organik va anorganik moddalarning kislorodsiz parchalanish (ma-salan, achish, bijg‘ish) jarayonida hosil bo‘lgan energiya hisobiga yashov-chi organizmlarga anaeroblar yoki anaerob organizmlar deyiladi.


Organizmlar aerob nafas olish jarayonida o‘ziga zarur bo‘lgan ener-giyani oladi. Kislorodsiz nafas olish saprofaglar (bakteriyalar, achitqi, mog‘or zamburug‘i, bir hujayrali hay­vonlar) hayotiy faoliyati-ning asosidir. Aerob nafas olish tezligi anaerob nafas olishga nis-batan sezilarli darajada ustun bo‘ladi. Demak, vaqt bo‘yicha getero-trof parchalanish jarayoni organik mahsulotlarning hosil bo‘lishi ja-rayonidan birmuncha orqada qo­layotganligini ta’kidlash mumkin.
Nobud bo‘lgan organizmlarning qoldiqlari parchalanishi­dan chi-rindi hosil bo‘lish jarayoni nisbatan tezroq, biroq oxirgi bosqich chirindining minerallarga aylanish jarayoni esa juda sekin kechadi.
Tabiatdagi parchalanish jarayonida biotik omillardan tashqari abiotik omillar, jumladan, yong‘inlar ham ishtirok etadi. Agar nobud bo‘lgan organizmlar saprofaglar va mikroorganizmlar tomoni­dan parchalanmasa, barcha oziq moddalar o‘liklar tanasida saq­lanar va hech qanaqa yangi hayot paydo bo‘lmas edi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə