Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə53/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

5-bob. Ekologik tizimlar




Экологик тизимнинг моҳияти ва даражалари
Ekologik tizimtirik organizmlar, ularning uyushmalari (populyasiyalar, biotse-nozlar) va yashash muhiti (abiotik omillar) o‘rtasida modda va energiya almashinuvi bi-lan kechadigan, o‘zgaruvchan muvozanatli deyarli barqaror biologik ti-zim yoki tabiiy majmu. Boshqacha aytganda, tirik mavjudotlar uyush-malari va ularning yashash muhitini o‘z ichiga qamrab olgan funk-sional tizimga ekotizim deyiladi.
Demak, ekotizim turli organizmlarning har xil uyushmalar hosil qilib, bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarga kiri-shib, muayyan hududda birgalikda yashashini ifodalaydi.
Bu tushuncha fanga ingliz olimi A. Tensli tomonidan (1935) kiri-tilgan. Amerikalik olim YU. Odum ekotizim tushunchasini energiya nuqtai nazaridan rivojlantirgan.
Tabiat, biosfera yoki atrof-muhitga ekotizimli yondashuv tufayli tabiiy muhit va biota o‘rtasida modda va energiyaning bir holatdan
(shakldan) boshqa holatga (shaklga) o‘tishi (yoki o‘zgarishi), ya’ni modda-larning har qanday darajadagi makon-vaqt birligi doirasida kechadi-gan biogeokimyoviy aylanish jarayonlari ekologiyaning asosiy tadqi-qot predmetiga aylandi (5.7-rasm).
Har qanday miqyosli (ko‘lamli) biotik uyushma yashash muhiti bilan birgalikda (masalan, hovuzdan tortib Dunyo okeaniga qadar; chirigan to‘nkadan keng ko‘lamli to‘qayzorgacha) ekotizim bo‘lishi mumkin.
Ekotizimlar makon (hudud) ko‘lami bo‘yicha quyidagi to‘rt darajaga bo‘linadi:

  • mikroekotizimdaraxt tanasidagi lishaynik, chirigan to‘nka va sh.k. (5.1-, 5.2-rasm);

  • mezoekotizim – hovuz, ko‘l, to‘qay, cho‘l va sh.k. (5.3-, 5.4-rasm);

  • makroeko­tizim – okean, materik va sh.k. (5.5-rasm);

  • global ekotizim – Er bioferasi yoki ekosfera – Erning geo-ekologik tizimlarini o‘z ichiga olgan ekologik qobig‘i (5.6-rasm).






5.3-расм. Мезоэкотизим – чўл






5.4-расм. Мезоэкотизим – кўл




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə