Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47

 
40 
 
portugal  tilida  swzlashuvchi  asosiy  millatlar  (meksikalik,  chililik,  perulik,  braziliyalik  va 
hokazo)dan  tashqari  immigrantlar  va  hindilar  ham  mavjud.  Ayrim  davlatlarda  esa  wnlab,  yuzlab 
turli etnoslar yashaydi (Rossiya, Hindiston, Eron, Afg`oniston, Nigeriya va hokazo). 
Evropaning  etnik  qiyovasi  nihoyatda  murakkab.  Bu  erda  asrlar  davomida  xilma-xil  qabila, 
elat  va  xalqlar  paydo  bwlib,  mahalliy  etnoslar  bilan  aralashib  ketgan.  Mazkur  jarayon  uzluksiz 
davom  etib  kelgan  va  natijada  dastlabki  tub  aholi  twg`risida  aniq  ma`lumotlar  bizgacha  etib 
kelmagan.  Ularning  lingvistik  tarixi  ham  chalkash.  U  erdagi  hozirgi  millatlar  wz  milliy  davlatlari 
chegarasi doirasida asosan, wtgan asr wrtalarida shakllangan. 
Evropada  yashovchi deyarli yarim milliard aholining kwpchiligi (wndan twqqiz qismi) hind-
evropa til oilasining uchta yirik til turkumi – roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta 
qismi  grek,  kelt  va  alban  til  turkumlariga  oid  va  qisman  ural  til  oilasiga  kirgan  finno-ugor  til 
turkumining  vakillaridir.  Roman  til  turkumiga  janub  va  g`arbda  yasovchi  italyanlar,  frantsuzlar, 
vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar iradi. Sharqiy va janubi-sharqiy Evropada slavyan tillarida 
swzlashuvchi  chexlar,  slovaklar,  polyaklar,  lujichanlar,  bolgarlar,  chernogorliklar,  xorvatlar, 
«musulmonlar»,  makedoniyaliklar  va  bosniyaliklar  yashaydi.  German  tilida  swzlashadigan 
avstraliyaliklar,  nemislar,  gollandlar,  flamandlar,  shvedlar,  norveglar,  daniyaliklar,  ispanlar, 
inglizlar,  lyuksemburgliklar,  elzasliklar  va  qisman  Shvetsariyaliklar  Markaziy  va  Shimoliy 
Evropada  yashovchilar.  Hozir  faqat  Irlandiyada,  qisman  Shotlandiyada,  Angliya  va  Frantsiyaning 
Breton  yarim  orolida  qadimgi  davrdan  keng  tarqalgan  kelt  tilida  swzlashadigan  elatlarning  avlodi 
yashaydi.  Eng  qadimgi  vaqtlardan  Pireney  yarim  orolining  shimolida  va  qisman  Frantsiyada 
yashayotgan  basklar  hech  bir  til  oilasiga  kirmaydigan  maxsus  tilda  swzlashadilar.  Vengerlar  yoki 
madyarlar,  finlar,  soamlar  va  loparlar  finnougor  til  oilasiga  oid.  Bolqon  yarim  orolida  va  janubda 
yashovchi  turklar,  tatarlar  va  gagauzlar  esa  turkiy  tillarda  swzlashuvchi  etnik  guruhlardir.  Faqat 
Malta orolida arab tili saqlanib qolgan. Bir milliondan ortiq evropalik yahudiylar asosan, nemis tili 
shevasida yoki wzlari yashayotgan mamlakatda keng tarqalgan tillarda swzlashadilar. 
Yaponiya,  Koreya,  Banglashesh  va  kwpgina  arab  mamlakatlari  milliy  birlik  jihatdan  ajralib 
turadi  (asosiy  xalq  95  foizini  tashkil  qiladi).  Birma,  Vetnam,  Iroq,  Kampuchiya,  Suriya,  Turkiya, 
Xitoy,  Shri-Lanka  aholisining  75  foizi  yagona  xalqdan  iborat.  Afg`oniston,  Eron,  Hindiston, 
Pokiston,  Indoneziya,  Fizippinlar  murakkab  kwp  millatli  mamlakatlarga  kiradi.  Ayrim  xalq  va 
elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar, bengallar) bir necha davlat hududida joylashgan. Ba`zi etnik 
guruhlar  hozirgacha  ham  xalq  bwlib  shaklanmagan,  hatto  ularda  urug`-qabilachilik  munosabatlari 
saqlanib qolgan. 
Osiyoliklarning tillari ham etnik tuzilishi singari nihoyatda xilma-xil va murakkab. Masalan, 
faqat  Hindistonning  wzida  1652  xil  til  va  turli  shevlar  mavjud.  Eng  qadimgi  til  oilalariga  oid 
dravid, munda, xitoy-tibet, tay, avstroosiyo, avstroneziya, semit-xamit va hind-evropa xalqlari ham 
Osiyo  qit`asida  yashaydi.  Oltoy  til  oilasi  hozirgi  Mwg`uliston  va  Shimoliy  Xitoyda  paydo  bwlib, 
keyin  boshqa  erlarga  tarqalgan.  Xitoy-tibet  (tay  va  tibet-birma  guruhlari),  astroosiyo  (vetnam, 
monkxmer,  munda,  myao-yao  turkumlari),  dravid,  astrogeneziya  (indoneziya,  filippin,  malayya, 
melaneziya guruhlari) tilida swzlashadigan xalqlar qadimdan kwpchilikni tashkil qilib bir hududda 
yashab kelmoqdalar. 
Evropa  qit`asidan  uch  hissa  katta  hududga  ega  bwlgan  Afrikaning  etnik  qiyofasi  tabiati 
singari  boy  va  rang-barangdir.  Evropa  olimlari  uni  ilgari  «qora  qit`a»  deb  atab,  etnik  tuzulishi 
wzaro bog`liq bwlmagan turli qabilalardan iborat, deb notwg`ri ta`riflaganlar.  
Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun`iy ravishda 
bwlib  olingan  davlatlar  orasida  joylashgan.  Masalan,  mandingo  xalqi  Segenal,  Mali,  Fil  Suyagi 
Qirg`og`i,  Shambiya,  Sere-Leone,  Liberiya,  Gvineya  hududlarida  yashaydi.  Yoki  fulbe  xalqini 
olsak  u  ham  Segenal,  Nigeriya,  Gvineya,  Mali,  Kamerun,  Yuqori  Volta,  Benin,  Mavritaniya, 
Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi. Eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham huddi 
shunday. Shuning uchun ham qit`ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat ywq. 


 
41 
 
Afrika  qit`asidagi  bir  milliondan  ortiq  bwlgan  83  ta  xalq  qit`a  aholisining  86  foizini  tashkil 
qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xaslar (15 million), jazoirliklar (14 million), 
amxaraliklar (1 million), marokashlar (12 million), ibo va fudbe (12 million),  yoruba  (11 million) 
va  boshqa  xalqlardir.  Shunisi  xarakterliki,  qit`ada  yashavchi  etnoslarning  hammasi  tub  aholi, 
asosan, hozirgi hududda paydo bwlib shakllangan elatlardan iborat. Albatta uzoq tarixiy davr ichida 
ayrim  etnoslarning  migratsion  siljishlar  natijasida  doimo  aralashib  jarayoni  rwy  berib  turgan. 
Ammo  bu  jarayon,  asosan,  shu  qit`a  doirasida  wtgan.  Faqat  shimoli-sharqiy  tomonda,  Osiyoning 
g`arbi-janubiy qismida qarindosh etnoslarning kwchishlari bwlib turgan. 
Lingvistik jihatdan- Afrika aholisi twrt tillik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki afrosiyo), 
niger-kordofa,  nil-saxara  va  koysan  xalqlari.  Qit`aning  shimolida  va  shimoli-sharqida  yashovchi 
semit-xamit  xalqlari  aholining  uchdan  bir  qismini  tashkil  qiladi.  Semitlardan  eng  kwpi  Afrika 
aholisining  (83  million)  bashdan  bir  qismini  tashkil  etadigan  arab  xalqlaridan  iborat.  Enyingi 
amxara va kushit, tigraj va chab guruhlariga kiradigan xalqlar semit-xamit til oilasining vakillaridir. 
Amerika tub aholisining tillari wziga xos xususiyatlarga ega va grammatik tuzulishi jihatdan 
boshqa  qit`a  xalqlarining  tillaridan  farq  qiladi.  Kwpchilik  olimla  qabul  qilgan  klassifikatsiyaga 
binoan  tub  aholida  20  ga  yaqin  til  oilalari  mavjud  bwlgan.  Shulardan  eng  yiriklari  Shimoliy 
Amerikadagi eskimosaleut, algonkishvakash, na-dene, siu-xoka. Markaziy va Janubiy Amerikadagi 
yuto-tano-atstek,  Mayya-soke,  chibcha,  kechua,  aymara,  karib,  aravak,  tupi-guarani,  chon  til 
oilalaridir. Mazkur tillardan tashqari har xil mayda til turkumlari va shevalari ham bwlgan. Mayya, 
kechua, aymara, atstek kabi tillarda swzlashadigan xalqlar qadimlan yuksak madaniyat yaratgan va 
hatto wz yozuviga ham ega bwlgan. 
Bushinchi qit`a – Avstraliya va bepoyon Tinch okeani orollari (Okeaniya) aholisi ikki qism: 
aborigan  (tub  aholi)  va  kelgindi  evropalik,  osiyolik  va  amerikaliklardan  iborat.  Hozir  tashqaridan 
kelib  joylashgan  aholi  butun  aholining  beshdan  twrt  qismini  tashkil  qiladi  va  asosan,  ingliz  tilida 
swzlashadilar. 
Avstraliya va Okeaniyaning ba`zi xalqlari Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) 
wzlarining  xwjalik  faoliyati  va  ijtimoiy  tuzilishda  juda  qadimiy  ibtidoiy  formalarni  saqlab 
kelganlar.  Polineziyaliklar  va  qisman  melaneziyaliklar    avstraliyaliklarga  nisbatan  ancha  yuqori 
pog`onada  turganlar  va  hatto  sinfiy  jamiyatga  wtganlar.  Mustamlaka  natijasida  bu  erda  yashovchi 
tub  aholining  moddiy  va  ma`naviy  hayotida,  ijtimoiy  va  madaniy  turmushida  jiddiy  wzgarishlar 
rwy bergan, ularning kwpchilik qismi wziga xos etnik xususiyatlarini  ywqotib  yuborganlar, ayrim 
elatlar (masalan, tasmaniyaliklar) esa butunlay qirilib ketgan. 
Til  jihatdan  beshinchi  qit`a  aholisi  maxsus  avstroneziya  til  oilasini  tashkil  qiladi  va  tarixiy, 
madaniy  va  irqiy  jihatdan  odatda  uch  turkumga  –  polineziyaliklar,  melaneziyaliklar  va 
mikroneziyaliklarga  bwlinadi.  Avstraliyaning  tub  aholisini  wziga  xos  avstraliya  (yoki  aborigen) 
tillari  tashkil  qiladi.  Swnggi  lingvistik  klassifikatsiyalarga  binoan  Okeaniya  tub  joy  aholisi  ikki 
yirik guruh – papuas va avstrogeneziya til guruhlariga bwlinadi. Tabiiy sharoiti og`ir bwlgan Yangi 
Gveneyadagi  papuaslar  kelgindi  aholi  bilan  kam  aralashgani  uchun  til  va  madaniy  xususiyatlarini 
ancha mustaqil saqlab qolganlar. 
 
 
 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə