F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


daryosida ham kuzatiladi. Dnepming o ‘ng qirg‘og‘ida krot, xoldor



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

daryosida ham kuzatiladi. Dnepming o ‘ng qirg‘og‘ida krot, xoldor
yumronqoziq, yashil kaltakesak tarqalgan bo‘lib, chap qirg‘og‘ida
dasht mintaqasi shakllangan va unda yuqorida qayd etilgan turlar
uchramaydi. S.I.Medvedevning (1932) fikricha, Dnepr daryosi taxminan
40 turdagi hasharotlaming g ‘arbga tomon yo‘nalishda tarqalishiga
to‘sqinlik qiladi. Kelson (1951) ma’lumotlariga ko‘ra, Kolorado
daryosi kemiruvchilaming tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy
g ‘ov rolini o ‘taydi. Ba’zan daryoning ikkala tomonidagi ekologik
sharoitlar o ‘xshash bo‘lsa-da, ular suvni kechib o ‘tish qobiliyatiga
ega bo‘lmagan turlaming tarqalishini cheklaydi. Ko‘pchilik hollarda
daryolar turlaming tarqalishida, ulaming yangi yashash muhitlarini
o ‘zlashtirishida vositachilik vazifasini ham bajaradi.
Daryolaming qirg‘og‘ida shakllangan yashash muhitlari xilma-xil
fauna elementlarini o ‘ziga jalb etadi. 0 ‘rta Osiyoning turli landshaft-
larini kesib o ‘tuvchi Amudaryo va Sirdaryo daryolari qirg‘oqlarida
shakllangan to‘qayzorlar, may da va yirik ко‘liar mazkur hudud
laming tabiiy ekologik sharoitlarida, hayvonot dunyosining tur
tarkibi va zichligida tub o ‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Ayniqsa, to‘qayzorlarda hayvonot dunyosi xilma-xilligi va zichligi
bilan ajralib turadi. Mazkur daryolaming cho‘l mintaqasini kesib
o ‘tuvchi qismlari bir tomondan hasharotlar, sudralib yuruvchilar va
boshqa ayrim to‘siqlami yengib o ‘tishi qiyin bo‘lgan turlar areali-
ning uzilishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan madaniy landshaftlami
bir-biriga bog‘lovchi o ‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini ham o ‘taydi.
Turli landshaftlaming daryolar yordamida o ‘zaro bog‘lanishi uning
qirg‘oqlarida mikroiqlim sharoitlarining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
76



Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə