Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y


Maktab geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar, ularning turlari



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə13/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Yo`ldoshev Abdurauf

2.2. Maktab geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar, ularning turlari

Darsdan tashqari ishlar, uy ishlari (vazifalar)ga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi, o’quv-tajriba maydonchasidagi va tabiatda yozgi topshiriqlar bo’yicha bajariladigan ishlar kiradi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish, shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan chetdagi ko’pchilik faoliyat


shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. Geografiya xonalarida va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o’quv yili davomida berib boriladi. Geografiya fanlarining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari
mashg’ulotlarning majburiy bo’lmagan ko’ngilli shakllari: indiviudal ishlar, sinfdan tashqari, “Yosh tabiatshunoslar” to’aragining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali ishlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv materiali asosida va unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan chek-lanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarli hamda kerakli tomonlarini ochib beradi.
Geografiya bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkretlashtirish, tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari geografiya ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu ishlar o’quvchilarning xulq-atvoriga ijobiy tag’sir ko’rsatadi. Ularning moddiy dunyoga qarashi va mehnat madaniyati
shakllanadi, bilishga qiziqishi, mustaqil kuzatish ko’nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni teranlashtiradi. Geografiya bo’yicha yo’lga qo’yilgan sinfdan tashqari ishlar o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Bolalarning kuzatishlari va o’qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo’jaligi bo’yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o’zgartirish to’g’risidagi ta’limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali
faoliyatlari ularni mehnatga o’rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga ko’maklashadi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog’liq bo’lishi, biri ikkinchisini to’ldirishi kerak. o’simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg’ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa, geografiya bilan qiziqqan o’quvchilar yosh tabiatshunoslar to’aragi mashg’ulotlariga qatnashishlari mumkin. o’quvchilarda tabiiy obektlarni kolleksiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga mehrni payqagan o’qituvchi
ularning qiziqishlariga qarab mashg’ulotlar topishi, tabiat to’g’risidagi fanni chuqurroq o’rganish istagini rivojlantirishi zarur.

Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə